Moida surasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Moida surasi (arabcha: سورة المائدة, nomining maʼnosi — Dasturxon[8][9]) — Qurʼonning 5-surasi. Madaniy suralardan biri, 120 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 106–127[10]-sahifasida va 6-7-juzida joylashgan. 112-boʻlib nozil boʻlgan.
Moida surasi — سورة المائدة | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Dasturxon[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Madaniy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 106–127[4] | ||||||||||||
Juz | 6-7 | ||||||||||||
Sura raqami | 5 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 120 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 16[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | yoʻq[6] | ||||||||||||
Soʻzlar soni | 2837 | ||||||||||||
Harflar soni | 11 892 | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 112[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy maʼnosi
tahrirQurʼonning eng soʻnggi suralaridan sanaluvchi bu sura Madinada nozil qilingan boʻlib, bir yuz yigirma oyatdan iboratdir. Unda shariat ahkomlari batafsil bayon etilishi bilan birgalikda, eʼtiqod mavzui va ahli kitob haqida ham soʻz yuritiladi. Ushbu surada kishilar oʻrtasidagi aqd (bitim, kelishuv) muomalalari; goʻshti halol boʻlgan hayvonlarni soʻyish masalalari; ov haqidagi hukmlar: haj va umra kabi ibodatlar uchun shart boʻlgan ihrom bayoni; ahli kitoblardan boʻlgan ayollarga uylanish joizligi xususidagi xukmlar; tahorat oʻgʻrilik, zoʻravonlik va buzgʻunchilik jinoyatlarining jazolari; ichkilik va qimor toʻgʻrisidagi soʻnggi-qatʼiy xukm va shariati islomiyyaning yana boshqa koʻpdan-koʻp hukm va qonunlari haqida mufassal maʼlumot beriladi.
Bundan tashqari bu surada bizlarga pand-nasihat va ibrat boʻladigan qissalar hikoya qilinadi. Shunday qissalardan biri Bani Isroilning oʻz paygʻambarlari Muso alayhis-salom bilan boʻlgan mojarolari boʻlib, unda yahudiylar iymonsiz va qoʻrqoqliklari sababli paygʻambar soʻziga kirmay, oqibatda qirq yillab choʻlu sahrolarda sarson-sargardon boʻlib yurganlari aytiladi.
Yana bir qissada esa Odamning ikki farzandi — Qobil va Hobil oʻrtasida boʻlib oʻtgan mujodala — Qobil oʻz birodari Hobilni nohaq oʻldirgani toʻgʻrisida xabar berilib, bu qissa orqali yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi doimiy kurash tasvirlanadi. Bu fojea yer yuzidagi nohaq qon toʻkilish fojealarining birinchisi edi.
Yana Iyso paygʻambarga berilgan moʻʻjizalardan biri — osmondan moida (dasturxon) tushgani voqeasi ham borki, suraning „Moida“ deb atalishining boisi shudir.
Manbalar
tahrir- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
Moida surasi (Wayback Machine saytida 2012-06-30 sanasida arxivlangan) — Oʻzbek tilida
Keyingisi: Anʼom surasi | 5-sura — arabcha matni | Oldingisi: Niso surasi |