Abdulloh ibn al-Muʼiz (975-yilda vafot etgan) toʻrtinchi Fotimiy xalifasi al-Mu’izning (h. 953–975) oʻgʻli va merosxoʻri boʻlgan, biroq otasidan oldin vafot etgan.

Abdalloh ibn al-Muʼiz
Vafoti 975-yil
Sulola Fotimiylar xalifaligi
Otasi Al-Muʼiz li-dinillah
Dini Islom

Abdulloh al-Mu’izning ikkinchi oʻgʻli boʻlib, 972-yilda Fotimiylar saroyining Ifriqiyadan Misrga koʻchirilish ishlariga tayyorgarlik koʻrish vaqtida merosxoʻr etib tayinlangan[1]. Katta ehtimol bilan bundan maqsad taxt vorisini saroyning koʻchirilishi vaqtidagi qiyinchiliklar va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavfdan himoya qilish boʻlgan[2]. Abdullohning merosxoʻr etib tayinlanishi haqidagi xabar dastlab faqatgina bir nechta yuqori lavozimli amaldorlarga yetkazilgan va hatto Abdullohning oʻzidan ham sir tutilgan. Keyinchalik keksa qoʻmondon Javdar yigʻilgan sud aʼzolari oldida Abdullohga taʼzim qilib, uning merosxoʻr etib tayinlanganligini maʼlum qilgan[1]. Ushbu xabarni eshitib, hafsalasi pir boʻlgan Mu’izning katta oʻgʻli Tamim Sitsiliya amiri Kalbidning oʻgʻli bilan fitna tuzgan, biroq ushbu fitna muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan[1].

Dastlab Abdullohning taxt vorisi etib tayinlanishi suddan tashqarida keng ommaga bidirilmagan. Keyinchalik uning ismi Misrga kelganidan keyin otasi al-Mu’izning ismi bilan birga eʼlon qilingan[2]. 974-yil aprel oyida qarmatiylarning Misrga bostirib kirishi paytida Abdulloh Fotimiylar qoʻshiniga qoʻmondonlik qilgan va qoʻshinning gʻalabaga erishishiga sabab boʻlgan, natijada qarmatiylar Bahrayndagi uylariga chekinishga majbur boʻlishgan[2]. Gʻalabadan soʻng, 26-may kuni Abdulloh eng koʻzga koʻringan asirlar hamrohligida tuyalar orqasida Qohiraga kirib kelgan va qarmatiyaliklarning bir necha ming kesilgan boshlari nayzalarga mixlab qoʻyilgan[2][2].

Qisqa vaqt davom etgan kasallikdan soʻng Abdulloh ibn al-Mu’iz 975-yil 8-fevralda otasidan oldin vafot etgan[2]. Uning ukasi Nizor oʻsha yilning dekabr oyida al-Mu’iz vafotidan bir necha kun oldin merosxoʻr sifatida tayinlangan va hatto otasining vafotidan keyin ham bir necha oy davomida uning nomidan hukmronlik qilgan. Oradan bir necha oy oʻtgach, al-Mu’izning vafoti va Nizorning al-Aziz Billoh nomi ostida taxtga oʻtirgani eʼlon qilingan (h. 975–996)[2].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Halm 1991.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Halm 2003.