Abdulmannon kotib Abdulvahhob oʻgʻli
Abdulmannon kotib Abdulvahhob oʻgʻli (1880, Toshkent — 1945) — xattot. Abdulmannon kotib Abdulvahhob oʻgʻli tomonidan nastaʼliq xati bilan koʻchirilgan 20 dan ortiq qoʻlyozma Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanmoqda. Bular orasida Navoiyning „Hamsa“ (1905) va „Majolis un-nafois“ (1917), Mirzo Salimbekning „Kashkuli Salimiy“ (1912), Binoiyning „Bogʻi eram“ (1917), Afzal Pirmastiyning „Afzal ut-tazkor“ (1917) kabi asarlari bor[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |