Abdulvahhob az-Zanjoniy
adib, nahvchi, tilshunos, sarfchi, ilm-maʼoniy, bayon va aruz bo‘yicha mutaxassis
Abdulvahhob ibn Ibrohim ibn Muhammad al-Jurjoniy az-Zanjoniy, al-Xozarjiy (Izzuddin) — adib, nahvchi, tilshunos, sarfchi, ilm-maʼoniy, bayon va aruz bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan. Aqliy va nahliy ilmlardan ham xabardor bo‘lgan. Tabrizni o‘z vatani deb hisoblagan va Mavsulda yashagan. Abdulvahhob az-Zanjoniy Bag‘dodda hijriy 660-yil (milodiy 1262-yil)da vafot etgan[1].
Abdulvahhob az-Zanjoniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 1262-yil (hijriy 660-yil ) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | adib, nahvchi, tilshunos, sarfchi, ilm-maʼoniy, bayon va aruz bo‘yicha mutaxassis |
Asarlari
tahrir- Al-Muʼrab amma fi-s-sihoh va-l-mag‘rib fi-l-lug‘at (Sahihdagi iʼrob va tildagi mug‘rab)
- al-Hodiy fi-n nahv va-t-tasrif va-sh sharh (Nahv va sarf va ularning sharhlari bo‘yicha hidoyatchi)
- Fathu-l-fattoh fi A 10 sharhi-l-maroh („al-Maroh“ sharhi bo‘yicha ochuvchining aytganlari)
- Tasʼhihu-l-miqyos fi tafsiri-l-qistos fi-l-aruz (Aruzdagi „al-Qistos“ tafsiri qiyosining sahihligi)
- Miʼyoru-n-nizor fi ulumi-l-ashʼor (Sheʼriyat ilmlarida munozara meʼyori)
- „Umdatu-l-hisob“ (Hisob ilmi asoslari)
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 9-10-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |