Abdumoʻmin Abdumajidovich Oʻtbosarov (1960-yil 24-aprel — 2016-yil 1-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi suhandoni, Oʻzbekiston xalq artisti (2014)[1].

Abdumoʻmin Abdumajidovich Oʻtbosarov
Tavalludi 24-aprel 1960-yil
Vafoti 1-yanvar 2016-yil(2016-01-01)
(55 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi Oʻzbekiston
Kasbi suhandon
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Tarjimai hol

tahrir

Abdumoʻmin Oʻtbosarov 1960-yil 24-aprel kuni Toshkent shahrida xizmatchi oilada dunyoga keladi. otasi oʻqituvchi, onasi esa tibbiyot xodimi boʻlgan. Oilada toʻrt farzand boʻlib, Abdumoʻmin ikkinchisi edi. Otasi suratga olishni yaxshi koʻrgani uchun oʻgʻlini ham shunga undadi.

U maktabni bitirib, 1977-1979-yillarda Xabarovsk oʻlkasida Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilgan. U yerda boʻlajak suxandonning fotografiyadan xabari borligini bilishgach, uni fotomuxbir boʻlib faoliyat yuritishga taklif etishadi.

Harbiy xizmatdan qaytgach esa hujjatlarini Toshkent davlat universiteti  jurnalistiga fakultetining kechki boʻlimiga (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) topshiradi va hujjatlar bilan birga, u maqola va ocherklari chop etilgan harbiy gazetalardan olingan parchalarni qoʻshib topshiradi. Bu maqolalar uni kirish imtihonlarisiz universitetga qabul qilishda xizmat qildi.

1981-yilda Oʻtbosarov Televideniyega rejissor yordamchisi sifatida ishga qabul qilindi.

Oʻtbosarov 1986-yilda Suhandonlar guruhiga diktor sifatida oʻtkazildi.

1988-1989-yillarda Moskvaga Televideniye va radioeshittirish xodimlari malakasini oshirish Butunittifoq institutiga yuborildi. Uning ustozi Markaziy televideniyening bosh diktori Igor Kirillov edi. Abdumoʻmin Oʻtbasarov Ostankinoda teledasturlar boʻyicha diktor boʻlgan. Moskvadan qaytgach, Oʻzbekiston televideniyesida suhandonlik faoliyatini davom ettirdi.

Adumoʻmin Abdumajidovich oʻzining barcha mehnat faoliyati davomida suhandon boʻlib ishlagan. „Axborot“ axborot dasturini olib borgan, „Umid nihollari“, „Barkamol avlod“ kabi koʻplab sport tadbirlarining ochilishida ishtirok etgan. U quyidagi davlat tadbirlarida mezbonlik qilgan: SHHT xalqaro sammiti; „Sharq taronalari“ xalqaro musiqa festivali; xorijiy davlatlar rahbarlarining tashriflariga bagʻishlangan konsertlar va bayram tadbirlarini oʻtkazgan.

U bir qancha „Topgan gul…“ satirik sheʼrlar toʻplamlarining muallifi boʻlgan.

Suhandonning soʻnggi chiqishi 2015-yil 31-dekabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning Yangi yil tabrigi boʻldi. Dasturdan soʻng uning yurak xuruji tutib, Toshkent tibbiyot akademiyasining jonlantirish boʻlimida bu yorugʻ olamni tark etadi.

Abdumoʻmin Oʻtbosarov ismi-sharifi yodga olinganda „oʻta yuqori madaniyatli, ilmli, ogʻir-vazmin, oʻz ishining ustasi, ajoyib qalam sohibi“ degan eʼtirof unga loyiq. Oʻz kasbining tajribali suxandoni  ustozlariga munosib izdosh boʻla olgan, oilaparvar, mehribon ota, har bir kishi qalbidan munosib oʻrin egallagan inson edi.

Mukofot va unvonlar

tahrir
 
„Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti“ unvoni taqdimoti

Manbalar

tahrir
  1. „„Xalq so‘zi" gazetasi 2014-yil 23-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligi munosabati bilan Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).
  2. Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 26 avgusta 2002 goda № UP-3119 „O nagrajdenii v svyazi s odinnadsatiletiem nezavisimosti Respubliki Uzbekistan gruppi rabotnikov nauki, zdravooxraneniya, kulturi, iskusstva, prosveщeniya, sredstv massovoy informatsii i sotsialnoy sferi“
  3. Указ Президента Республики Узбекистан от 22 avgust 2014 года № УП-4647 «О награждении в связи с двадцать третьей годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, образования, здравоохранения, литературы, культуры, искусства, духовности и просветительства, средств массовой информации и других социальных сфер
  4. Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 24 avgusta 2021 goda „O nagrajdenii posmertno gruppi tvorcheskix deyateley, vnyosshix ogromniy vklad v razvitie sfer kulturi i iskusstva, literaturi, sredstv massovoy informatsii v strane“

Havolar

tahrir