Abduqodir naychi Ismoilov (1888, Qoʻqon — 1951.22.2, Toshkent) — sozanda. Oʻzbekiston xalq artisti (1941). 13 yoshidan otasi Ismoil Naychidan Tana-vor, Yovvoyi Chorgoh, Dugoh, Suvora, Sar-bozcha, Mirzadavlat, Ajam yoʻllarini oʻrgangan. "Sayyor truppa"da Ahmadjon Qoʻshnay, Yusuf Qiziq, Muhiddin Qoriyoqubov, Tamaraxonim, Us t a Olim kabi san’atkorlar safida boʻlgan. 1926-yilda tashkil etilgan "Etnografik truppa" safida boʻlib, ansamblning 1927-yilgi Rossiya va Kavkaz gastrollarida qatnashgan. 1928-yilda Samarqand musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot institutida, keyin Oʻzbek musiqa teatrida (1929-35) ishlagan. 1935-yildagi Xalqaro raqs festivalida (London) qatnashgan va oltin me-dalga sa-zovor boʻlgan. Oʻzbek adabiyoti va san’ati dekadasi (1937-yil)da va 1930-yildagi teatr Olimpiadasida ishtirok et-gan. Xalq kuylari va mumtoz oʻzbek cholgʻu kuylarini fonografga yozdirgan. S. Kalonov, A. Qodirov, D. Soatqulov kabi yetuk naychilarga ustozlik qilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil