Abdurahim Nizoriy (1770, Qashqar – 1848, Turfon) – uygʻur shoiri, xattot. Qashqar hokimi Zuhriddinbek saroyida bosh mirza boʻlgan. Qashqar, Xoʻtan, Uchturfon, Kuchor va Turfon kabi shaharlarda madrasalar qurdirgan, adabiyot, san’atga doir asarlarni toʻplagan. Maktab va madrasalar uchun Hofiz va Navoiy asarlari asosida "Xoʻja Hofiz", "Navoiy" nomli darsliklar tuzgan (1805). Uygʻur adabiyotida birinchi boʻlib toʻqqiz doston ("Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Vomiq va Uzro", "Chahor dar-vesh", "Mahzun va Gulniso", "Mas’ud va Diloro", "Robiya va Sa’din", "Durr un-najot", "Malika va shoh")dan iborat "Muhabbat dostonlari" turkumini yaratgan. Har bir doston debochasida Navoiy haqida soʻzlab uning dostonlaridan na-munalar keltirgan. Ijodiy merosi 20 ga yaqin doston, 80 dan ziyod muhammas (40 tachasi Navoiy gʻazallariga bogʻlangan), bir qancha qissa, qasida va boshqalardan ibo-rat. U Navoiy, Umar Xayyom, Hofiz, Bedil she’rlarini, "Shohnoma"ni, "Ming bir kecha"ning 370 dan ortiq hikoyatini uygʻur tiliga tarjima qilgan. Navoiy kulliyotining A. N. koʻchirgan nodir nusxasi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Qoʻlyozmalar institutida 2saqlanadi (inv. № 136).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil