Turfon
Turfon, Tulufon — Xitoyning shim.gʻarbiy qismidagi shahar, SintszyanUygʻur muxtor rnida, Turfon soyligining shim. chekkasida joylashgan. Aholisi 200 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Neftni qayta ishlash va oziq-ovqat, sement, sanoati korxonalari bor.
Mil. av. 2-asrda T. hunlarga tobe boʻlgan, 6-asr oxiridan Turk xokrnligi. tarkibida, keyinchalik Uygʻur xonligi poytaxti. 1209 yilda moʻgʻullar egallagan. Moʻgʻuliston xoni Vaysxon davrida (1418—25) T. iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha yuksalgan. 15—17-asrlarda Chigʻatoy xonlari qarorgohi boʻlgan. 1758 yilda xitoylar bosib olgan va T. aholisining koʻpchiligi Uch shahri (Uchturfon)ga koʻchirilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |