Bosh menuni ochish

Chigʻatoylar - 13-asr 2yarmi 16-asr boshlarida Movarounnahr aholisi nomi. Chingizxonnnsh oʻgʻli — Chigʻatoy nomi bilan bogʻliq. Maʼlumki 13-asr boshlarida Movarounnahr Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirgan. Bu davrda (13—14-asrlar) "Chigʻatoy" atamasi dastlab Chigʻatoy atrofidagi aslzodalar, qoʻshini va ularning avlodlarini anglatgan. 14-asrda koʻchmanchi va oʻtroq turkiy aholining aralashuvi natijasida yangi elat shakllangan. Keyinchalik 15-asrda Movarounnahr va Sharqiy Turkistonning turkiy aholisi Ch. deb atalgan.

15-asr oxiri — 16-asr boshlarida Movarounnahrning turkigoʻy va forsigoʻy oʻtroq aholisi Ch. deb ataldi. 16—17-asrlarda Movarounnahrning oʻtroq turkiy aholisining katta qismi oʻzbek nomini qabul qildi. 18-asr manbalarida Boburiylar saltanatining qoʻshini Ch. deb atalgan.

19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Ch. ning maʼlum qismi turkigoʻy boʻlsa, qolgani forsigoʻy boʻlgan. Lekin, ularning koʻpchiligi 2 til — turkiy va forsiyda erkin soʻzlashgan. 20-asr boshlarida Oʻzbekiston va Tojikistonning janda Shayboniyxon yurishlarigacha yashagan aholi avlodlariga nisbatan Ch. atamasi ishlatilgan. 20-asr boshlarida Ch.ning asosiy qismi hozirgi Oʻzbekistonning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida va Tojikistonning jan.da yashagan. Ch.ning maʼlum guruxlari Oʻzbekistonning Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlari hamda Shim. Afganistan va Pokistonda ham yashagan.

AdabiyotTahrirlash

  • Karmisheva B.X., Очерки этнической истории южных районов Таджикистана и Узбекистана, M., 1976.