Abdurahmon Buxoriyzoda (1910-yil 3-noyabr, Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi – 1987-yil 24-sentyabr, Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR) – oʻqituvchi, olim, filologiya fanlari doktori[1]. Tojik SSRdagi „Matematika“ fan darsligi muallifi.

Abdurahmon Buxoriyzoda
Tavalludi 3-noyabr, 1910-yil
Vafoti 24-sentyabr, 1987-yil
Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi RossiyaSSSR bayrogʻi SSSR

Hayoti

tahrir

Abdurahmon Buxoriyzoda 1910-yil 3-noyabr kuni Rossiya imperiyasi tarkibidagi Samarqand viloyatida tojik maʼrifatchisi oilasida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, 1924-yildan 1926-yilgacha Samarqand oʻqituvchilarni tayyorlash markazida tahsil olgan. U 1926-yildan 1928-yilgacha Toshkent davlat universitetida oʻqigan. Shu yili maorif komissariatining taklifi bilan, Tojikistonga koʻchib oʻtgan. 1929-yilda Dushanbe markaziy maktabida tojik tili va adabiyoti fanidan dars bergan. 1928-yildan 1934-yilgacha Markaziy kommunistik maktabida kafedra mudiri lavozimida ishlagan. Abdurahmon Buxoriyzoda 1934-yildan 1936-yilgacha „Kommunizm maʼrifati“ gazetasida bosh muharrir sifatida faoliyat olib borgan. 1938-yildan 1941-yilgacha Stalinobod shahridagi 1-maktabning direktori lavozimida ishlgan. 1941-yil Tojikiston SSR xalq taʼlimi komissarining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. U ushbu lavozimda 1944-yilgacha faoliyat yuritgan. 1948-yildan 1959-yilgacha Tojikiston davlat universitetining tarix fakulteti dekani, 1959-yildan 1962-yilgacha esa tojik tili va adabiyot fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan. U 1980-yillarda turli ilmiy ishlar qilib, professor ilmiy darajasini olgan[2]. Abdurahmon Buxoriyzoda 1910-yil 3-noyabr kuni Tojikiston SSRga qarashli boʻlgan Dushanbe shahrida vafot etgan.

Ilmiy faoliyati

tahrir

Abdurahmon Buxoriyzoda 1932-yil hamda 1934-yil nashr qilingan „Matematika“ darsligining mualliflaridan biridir. Shuningdek, u soʻzlarning va gaplarning etimologiyasi bilan boyitilgan „Soʻzlarning sarguzashtlari“ kitobining muallifi hisoblanadi.

Manbalar

tahrir