Vohid Abdurahmon (1940.4.8, Jom-bang) — Indoneziyaning sobiq prezidenti (1999—2001). Jombangdagi islom maktab-internati (1964), Qohiradagi Al-Azhar universiteti va Bagʻdod universiteti (1970)ni tugatgan. Mehnat faoliyatini Jombang islom maktabida muallimlikdan boshlagan. 1972-yildan Jombangdagi Hoshim Ashuari universitetining ilohiyot fakultetida lektor va dekan, 1974—84 yillarda Jombang, soʻngra Jakartadagi islom internat maktabi direktori; ayni vaqtda Nahdat ul-Ulamo nohukumat islom tashkiloti aʼzosi, shu tashkilot Oliy diniy kengashining birinchi kotibi (1978—84); 1984 yildan tashkilot raisi. 1999 yil oktabrdan Indoneziya Respublikasi prezidenti. Xalq uygʻonish partiyasi asoschisi (1998).[1]

Prezident Abdurrahmon Vohid

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil