Abdurrahmon Toj
Abdurrahmon Toj (arabcha: عبد الرحمن تاج, 1896 — Misr — 1975) — Al-Azhar shayxi, huquqshunos va davlat arbobi.
Abdurrahmon Toj | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 1896-yil |
Vafoti |
1975-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | shayx, huqushunos, davlat arbobi |
Misr Arab Respublikasining Asyut viloyatida tug‘ilgan.
Taʼlimi
tahrirHofizlik hamda boshlang‘ich taʼlimni vatani Asyutda olgan. Oilasining Iskandariyaga ko‘chib kelishi sababli Iskandariya din institutiga (Maʼhad al-Iskandariyya ad-diniy) o‘qishga kiradi (1910-yil). 1926-yilda al-Azhar universiteti shariat fakultetini tugatgan.
Faoliyati
tahrirBir muddat Asyut va Qohira din universitetlarida talabalarga dars beradi. 1933-yilda shariat fakulteti o‘qituvchisi, ikki yildan so‘ng ushbu faoliyati bilan birga fatvo qo‘mitasining hanafiy mazhabi hay’ati aʼzoligiga tayinlanadi. 1936-yilda al-Azhar universiteti tomonidan Parijdagi Sorbon universitetiga yuboriladi. U yerda „Bobiylik va Islom“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, falsafa va dinlar tarixi fanlari doktori ilmiy darajasini oladi. U yerdan qaytib yana al-Azhar universiteti professori va fatvo qo‘mitasi aʼzosi sifatida vazifalarini davom ettiradi. Shu bilan birga Abdurrahmon Toj ilmiy tadqiqotlardan chetlanmagan holda, „As-Siyāsa ash-shar’iyya“ mavzuidagi ilmiy ishi yuzasidan „Jamoat kibor al-ulamo“ jamiyati aʼzoligiga saylanadi (1951-yil). Bir muddat Ayn ash-Shams universitetining huquq fakulteti va asosiy qonun (Konstitusiya) komissiyasi aʼzosi sifatida faoliyat olib boradi. 1954-yilda al-Azhar universiteti shayxi etib tayinlanadi. Universitetga taʼlim va boshqaruv bo‘yicha yangi qoidalar olib kiradi. Xorijdan kelgan talabalar uchun yotoqxonalar qurdiradi. 1958-yilda Misr va Suriya mamlakatlarining hamkorligida Birlashgan Arab jumhuriyati tashkil etilganidan so‘ng, vazir etib tayinlanadi. 1963-yilda Arab tili akademiyasi (Majmaʼ al-lug‘a al-’arabiyya), keyinchalik esa, al-Azhar islomiy tadqiqotlar akademiyasi (Majmaʼ al-buhus al-islamiyya)ga aʼzo bo‘ladi.
Asarlari
tahrir- „Al-Ahvāl ash-shaxsiyya fi-l-fiqh al-islāmӣ“ (Qoxira 1955-yil);
- „As-Siyāsa ash-shar’iyya“;
- „Hukm ar-ribā fi-sh-sharӣ’a al-islāmiyya“;
- „Sharikāt at-taʼmӣn min vijha nazar ash-sharӣ’a al-islāmiyya“[1].
Adabiyotlar
tahrir- Ali Abdulazim. Mashӣxa al-Azhar. — Qohira: 1399/1979. II, 165, 177;
- Muhammad Abdulalim Husayn. Al-Azhar ash-sharӣf fӣ ’ӣdih al-alfӣ — Qohira: 1403/1983. 259-260;
- Shuyӯx al-Azhar. — Qohira: 43-44;
- Muhammad Mahdiy Allom. Al-Majmaʼiyyӯn fӣ xamsӣna ’āman. — Qohira: 1406/1986. 155-157;
- Rahmi Yaran. „Abdurrahman Tâc“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 175.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |