Abdurrahmon ibn Hasson ibn Sobit

Abdurrahmon ibn Hasson ibn Sobit (arabcha: عبد الرحمن بن حسان بن ثابت – Abu Saʼid Abdurrahmon ibn Hasson ibn Sobit al-Xazrajiy al-Ansoriy) – tobeʼin, shoir.

Abu Sa’id Abdurrahmon ibn Hasson ibn Sobit al-Xazrajiy al-Ansoriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 627-628-yil (hijriy 7-yil)
Vafoti milodiy 722-723-yil (hijriy 104-yil)
Dini Islom
Ota-onasi
  • Hasson ibn Sobit (otasi)
  • Siriyn (onasi)
Tanilgan sohasi tobeʼin, shoir

Hayoti va faoliyati

tahrir

Paygʻambarning shoiri Hasson ibn Sobitning oʻgʻli, onasi paygʻambarning zavjasi Moriya­ning singlisi Siriyn boʻlgan. Paygʻambar davrida tugʻilgani uchun sahoba boʻlgani aytilsa-da, koʻpchilik ulamolar uni tobeʼin hisoblaganlar. Umrining koʻp qismini tugʻilgan joyi Madinada oʻtkazgan. Qisqa muddat Damashqda ham yashagan.

Ayrim shoirlar bilan she’r musobaqalarida qatnashib, baʼzi-baʼzida otasidan yordam olgan. Muoviya davrida yozgan hajviy sheʼrlari bilan umaviylar tanqidiga uchragan. Muoviyaning qizi Ramla haqida aytgan sheʼrlari tufayli uni hajv qilgan Yazidni oʻz raddiyasi bilan yenggan. Bunga chiday olmagan Yazid otasining vazminlik bilan ish tutishni maslahat berishiga qaramay, nasroniy shoir Axtaldan yordam soʻragan. U esa himoya qilinishiga kafolat olgach, Abdurrahmon ibn Hasson ibn Sobit shaxsiyati ostida ansorlarni hajv qilgan. Axtalning bu hajvi musulmonlarni qattiq ranjitgan.

Sheʼrlari Somiy Makkiy al-Oniy tomonidan „Shi’r Abdurrahmān bin Hassān al-Ansārӣ“ nomi bilan nashr qilingan (Bagʻdod 1971 y.)[1].

Adabiyotlar

tahrir
  • Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. – Bayrut: 1388/1968. V, 266; VIII, 212, 215;
  • Jumahiy. Tabaqāt fuhӯl ash-shu’arā. – Qohira: 1394/1974. I, 150, 461-466;
  • Ibn al-Asir. Usd al-gʻāba. – Qohira: 1390-93/1970-73. III, 434-436;
  • Az-Zahabiy. Siyar. V, 64-65;
  • Ibn Hajar. Al-Isāba. – Qohira: 1328. III, 67;
  • Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. VI, 162-163;
  • Umar Farrux. Tarӣx al-adab al-’arabӣ. I, 313, 384, 414-417, 518, 555-556;
  • Yosin al-Ayyubiy. Mu’jam ash-shu’arā. – Bayrut: 1982. 258;
  • Salahattin Polat. „Abdurrahman b. Hassân b. Sâbit“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 164.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.