Abdus Salam (1926-yil 29-yanvar – 1996-yil 21-noyabr) — pokistonlik nazariyotchi-fizik, London qirollik jamiyati aʼzosi (1959-yildan). Kembrij universitetini tugatgan (1951). 1951–1954-yillarda Lohurdagi kollej professor, 1957-yildan London universiteti professor 1964-yildan Triyest (Italiya)dagi Xalqaro nazariy fizika markazi direktori. Asosiy ilmiy ishlari maydonlar nazariyasi, gravitatsiya va elementar zarralarga oid. Elektromagnit va kuchsiz oʻzaro taʼsirlarning umumiy nazariyasini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1979; Sh. Gleshou va A. Vaynberg bilan hamkorlikda).[1][2]

Abdus Salam
Tavalludi 1926-yil 29-yanvar
Panjob, Pokiston
Vafoti 21-noyabr 1996-yil(1996-11-21)
(70 yoshda)
Oxford
Fuqaroligi Britaniya Hindistoni (1926-1947)
Pokiston bayrogʻi Pokiston (1947-1996)
Institutlar PAEC
SUPARCO
PINSTECH
Punjab University
Imperial kolleji
Government College University
Kembrij universiteti
ICTP
COMSATS
TWAS
Columbia universiteti
Karachi universiteti
Chikago universiteti
University of Houston
Edward Bouchet Abdus Salam Institute
Taʼlimi Kembrij universiteti
Turmush oʻrtogʻi Amtul Hafeez Begum (1949⁠-1996)​
Louise Johnson ​(1968⁠-⁠1996)
Dini Islom

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari