Abdussamad ibn abdulvohid Kufiy
Abdussamad ibn Abdulvoris ibn Said Kufiy — muhaddis. (vaf. milodiy 822, hijriy 207 yilda. Abdussamad Kufiy Muhaddis va roviy bo‘lgan. Hofiz va hujjati ishonchli deb e’tirof etilgan basralik muhaddis bo‘lgan. Uning otasi Abdulvohid Kufiy ham muhaddis bo‘lib, u asosiy hadis bilmlarini otasidan olgan.
Abdussamad ibn abdulvohid Kufiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis |
Ustozlari
tahrirHishom Dastoviy, Ikrima ibn Ammor, Robi’ ibn Gulsum, Harb ibn Maymun, Harb ibn Abi Oliy, Harb ibn SHaddod va boshqa shu tabaqot vakillaridan hadis ilmini o‘rgangan.
E’tiroflar
tahrirAbdussamad ibn Abdulvoris ibn Said Kufiy haqida Abu Hotam shunday degan: “Abdussamad ibn Abdulvoris ibn Said ishonchli muhaddis va mohir hofizdir”.
Shogirtlari
tahrirAbdulhamid ibn Humayd ibn Nasr Keshiy, Ibn Muin, Ishoq Ibn Rohavay, Imom Bandor va Imom Zuhaliylar Abdussamad ibn Abdulvoris ibn Said Kufiydan Hadis ilmini o‘rganishgan[1].
Adabiyotlar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Shukurillo Umarov “Abdulhamid Keshiy hayoti va ilmiy merosi” Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2013 yil.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |