Aberratsiya (biologiya)
Aberratsiya, biol.da – 1) morfo-logiya va fiziologiyada – odatdagi tuzi-lish va funksiyalardan, ya’ni normadan chetga chiqish; 2) genetik a d a – xromoso-malar tuzilishining oʻzgarishi. A. tabi-iy va eksperimental yoʻllar bilan vujudga keladi. A. ikki xil – bitta xromosomada yoki xromosomalararo sodir boʻlishi mumkin. Birinchi holda xromosomaning ma’lum qismi tushib qoladi, juftla-nadi yoki ulardagi genlarning joyla-nish tartibi oʻzgaradi, ikkinchi hodsa nogomologik xromosomalarning ma’lum qismlari oʻzaro oʻrin almashinadi.
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |