Abiogenez
Abiogenez (yun. A – inkor qoʻshimchasi, bio va genesis – kelib chiqish, paydo boʻlish) – tirik tabiatda mavjud boʻlgan organik birikmalarning organizm ishtirokisiz nobiologik yoʻl bilan hosil boʻlishi. Keng maʼnoda, abiogenez tirik mavjudotlarning paydo boʻlishi, yaʼni hayotning vujudga kelishi haqidagi zamonaviy nazariyadir. Abiogenez toʻgʻrisidagi eng qadimgi tushunchalar juda sodda boʻlib, tirik mavjudotlar anorganik yoki organik oʻlik moddalardan oʻz-oʻzidan paydo boʻladi, degan farazga asoslangan edi. Tirik mavjudotlarning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi tushunchalarga 1861-yilda Louis Paster uzil-kesil zarba berdi. Ammo abiogenez toʻgʻrisidagi zamonaviy nazariya organik moddalarning anorganik moddalardan sintezlanishi, pirovard natijada hayotning abiogenez orqali paydo boʻlishini inkor etmaydi, Aleksandr Ivanovich Oparin va boshqa koʻpgina olimlarning fikricha, Yerda hayot uzoq davom etgan kimyoviy jarayonlar natijasida Yer taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo boʻlgan. Qadimgi geologik davrlarda Yerdagi sharoit (temperatura, atmosfera tarkibi, nurlanish) organik moddalarning abiogenez sintezlanishi uchun qulay boʻlgan. XX asr oʻrtalarida oqsil va boshqa organik birikmalarning Yerning qadimgi geologik davrlardagi sharoitida abiogen yoʻli bilan sintezlanishi tajribada isbot etildi.
– Bugun men sizlarga ushbu nazariyani amalda boʻlishi mumkinligi ehtimolini qoʻl telefonim orqali tushuntirib bermoqchiman. Bu telefon qoʻlimga qanday kelib qolgani haqida evolyutsiya nazariyasi boshlangʻich taʼlim abiogenez orqali fikr yuritamiz.
– Telefonning ustki qismi qaysi moddadan ekanini bilasizlarmi? Plastik moddadan. Plastik modda nimadan olinishini bilasizlarmi? Neftdan.
– Ha, plastik modda neftdan olinadi. Ushbu qoʻl telefonining ichida kremniy moddasidan ishlangan plastinka bor. Kremniy moddasi esa qumlarda boʻladi.
Bu telefon asli Iroqdan. Shunday davlat borligini eshitgandirsizlar. Uch yarim milliard yil oldin Iroqda toʻxtovsiz yer silkinishlari sodir boʻldi. Ana shunday silkinishlar sodir boʻlayotganda yer ichidan vulqon lavalari otila boshlaydi. Keyin bu lava tasodifan neft bilan aralashadi. Ushbu aralashish natijasida neft erigan plastikka aylanadi. Keyin bu erigan plastik tasodifan bir xarsang toshning ustiga tushadi. Xarsang toshning shakli xuddi qoʻl telefon shakliga oʻxshardi. Shundan soʻng osmondan qor yogʻib, boyagi xarsangtosh ustidagi plastik moddaning sovushini taʼminlaydi. Shunday qilib, telefonning ustki qismi paydo boladi. Orqadan qisqa vaqt oʻtgach, yashin plastik turgan joy yaqinidagi qumga uriladi. Natijada qumning yashin tushgan qismi kremniyga aylanadi. Aylanganda ham qandaydir kremniyga emas, aynan qoʻl telefoni ichidagi katta xotira sigʻimiga ega boʻlgan, maxsus dasturlar bilan taʼminlangan kremniy plastinkasiga aylanadi. Bu orada yana yer silkinishi sodir boʻladi va xarsangtosh ustida turgan telefon qutisi shaklidagi plastik yerdagi haligi kremniy plastinkaning ustiga borib tushadi. Ana shundan keyin smartfon ishlay boshlaydi. Bir necha kun avval men Iroqning sahrosida yurganimda toʻsatdan koʻzim yerda yotgan ushbu telefonga tushib qoldi. „Axir bu telefon-ku“ dedim-da, darhol oʻsha yerdan turib ayolimga qoʻngʻiroq qildim. [1]
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |