Abu-l-Arab
Abu-l-Arab (arabcha: أبو العرب — Abu-l-Arab Muhammad ibn Ahmad ibn Tamim at-Tamimiy) — molikiy faqihi, muhaddis va tarixchi.
Abu-l-Arab Muhammad ibn Ahmad ibn Tamim at-Tamimiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 864-874-yil (hijriy 250-260-yil) |
Vafoti |
milodiy 945-yil (hijriy 333-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih, muhaddis, tarixchi |
Abu-l-Arab al-Qayravoniy hamda al-Mag‘ribiy nisbalari bilan ham zikr qilinadi. Obro‘li oilaga mansub bo‘lgan Abu-l-Arabning katta bobosi Tammom xalifa Horun ar-Rashid (786-809-yillar) davrida Shimoliy Afrikada boshqaruv va harbiy vazifalarda faoliyat olib borgan, baʼzi voqealarda bevosita ishtirok etgan va maʼlum muddat Bag‘dodda hibsda ham bo‘lgan. Otasi esa ko‘proq ilm bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Taʼlimi
tahrirAbu-l-Arab yoshlik yillaridan ilmga rag‘bat qilgan. Shimoliy Afrikaning peshqadam olimlaridan Sahnunning shogirdi bo‘lgan. Shuningdek, Yahyo ibn Umar al-Andalusiy, Iso ibn Miskin, Himos ibn Marvon va Ibn al-Haddod al-Mag‘ribiy kabi faqihlardan taʼlim olgan. Abu-l-Abbos Tammom va Abu Jaʼfar Tamim nomli ikki o‘g‘li bilan birga Ibn Abu Zayd, Abu-l-Hasan ibn Ziyod, Hasan ibn Saʼid al-Harrot, Hasan ibn Mas’ud, Muhammad ibn Horis al-Xushaniylar Abu-l-Arabdan taʼlim olganlar.
Faoliyati
tahrirAbu-l-Arab fotimiylarning Tunisga kelishi va ag‘labiylarning ular bilan kurashishiga guvoh bo‘ladi. Murabbiylik, kotiblik bilan shug‘ullangan va manbalarda 3500 dan ortiq kitobni ko‘chirgani zikr qilingan.
Asarlar
tahrir- „Tabaqāt ’ulamā Ifrӣqiyya“. Molikiy mazhabi faqihi va hadis olimlarining tarjimai holiga oid mazkur asari vafotidan so‘ng shogirdi Muhammad ibn Horis al-Xushaniy tomonidan tamomlangan.
- „Kitāb al-mihan“. Sahoba, tobeʼin va Islom olimlarining hayoti haqidagi asar.
- „Ubbād Ifrӣqiyya ilā kitāb az-zu’afā“.
- „Sanad hadӣsi Mālik“.
- „Manāqib Tamӣm“.
- „Fazāil Mālik“.
- „Kitāb at-tahāra va-l-vuzu’“.
- „Kitāb al-janāiz va zikr al-mavt va ’azāb al-qabr“.
- „Kitāb fi-s-salāt“.
- „Tabaqāt ahl al-Qayravān“[1].
Adabiyotlar
tahrir- Abu Bakr al-Molikiy. Riyāz an-nufӯz. — Bayrut: 1401-1403/1981-83. I, 14;
- Qozi Iyoz. Tartӣb al-madārik. II, 334-336;
- Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. III, 889-890;
- Az-Zahabiy. Siyar. XV, 394-395;
- As-Suyutiy. Tabaqāt al-huffāz. 364;
- Ali Öngül. „Ebü’l-Arab“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 293.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |