Abu Ahmad Muhammad Astug‘dadiyziy
Abu Ahmad Muhammad Astugʻdadiyziy (arabcha: أبو أحمد محمد الأستغداديزى — Abu Ahmad Muhammad ibn Ahmad Astugʻdadiyziy) — Roviy.
Abu Ahmad Muhammad Astug‘dadiyziy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | 1047-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Roviy |
Toʻliq ismi Abu Ahmad Muhammad ibn Ahmad ibn Abu an-Nazr Ahmad ibn Abulqosim Hamdon al-Astugʻdodiyziy. U X asrning ikkinchi yarimida Nasafga qarashli Astugʻdadiyza qishlogʻida tugʻilgan.
Faoliyati
tahrirAbu Ahmad Muhammad Astugʻdadiyziy odobi bilan oʻz davrining solih va vazmin shayxi va olimi boʻlgan. Gʻaznaga borgan va u yerda Sulton Mahmud Sabukteginning baʼzi farzandlariga taʼlim va odob berish bilan shugʻullangan. Soʻngra oʻz Vataniga qaytib, shu yerda muqim yashab qolgan. Faqat ibodat bilan mashgʻul boʻlgan.
Ustozlari
tahrirAbu Ahmad Muhammad Astugʻdadiyziy Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Ishoq Ibrohim ibn Abu Bakr ar-Roziydan taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan.
Shogirdi
tahrirAbu Ahmad Muhammad Astugʻdadiyziydan Abu Muhammad Abdulaziz ibn Abu Bakr an-Nagʻshabiy hadis rivoyat qilgan.
Vafoti
tahrirAbu Ahmad Muhammad Astugʻdadiyziy 439/1047-yili rabiʼulavval oyida vafot etgan. Janozasiga Nasaf qasabasi va qishloqlaridan kelgan koʻp odamlar qatnashgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Abdulkarim Samʼoniy. Al-Ansob. J.1. — Bayrut. Lubnan 1998. -B. 137.
Adabiyotlar
tahrir- Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. -B. 33.