Abu Aqiyl al-Ansoriy
Abu Aqiyl al-Ansoriy (arabcha: أبو عقيل الأنصاري — Abu Aqiyl Abdurrahmon ibn Abdulloh ibn Saʼlaba al-Balaviy) — sahoba.
Abu Aqiyl Abdurrahmon ibn Abdulloh ibn Sa’laba al-Balaviy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 633-yil (hijriy 12-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | sahoba |
Hayoti va faoliyati
tahrirQuzoa qabilasining Baliy urug‘iga mansub. [Muhammad|Payg‘ambar]] Islomdan avvalgi Abduluzzo ismini Abdurrahmon deb o‘zgartirgan. „Aduvv al-avson“ (butlar dushmani) nomi bilan ham zikr qilinadi. Abu Aqiyl al-Ansoriy Badr, Uhud va boshqa barcha g‘azotlarda Payg‘ambar bilan birga bo‘lgan. Savodli bo‘lgani uchun kotiblik qilgani ham rivoyat qilinadi. Abu Aqiyl al-Ansoriy soxta payg‘ambar Musaylamaga qarshi Yamoma jangida shahid bo‘lgan.
Abu Aqiyl al-Ansoriy kunya va nisbasi bilan mashhur yana boshqa bir sahoba bo‘lgan. Ismi Habhob yoki Hashos yo Hubob ekani aytilgan ushbu shaxs „Sohib as-soʻ“ laqabi bilan tanilgan. Bunga sabab Payg‘ambar musulmonlarni Alloh yo‘lida mollarini sarflashga chaqirganlarida, o‘zi faqir yashagan Habhob tuni bilan ishlab ikki o‘lchov (soʻ) xurmo topib keladi. Ulardan birini o‘z oilasiga qoldirib, boshqasini Payg‘ambarga olib borgan va Ul Zotning duosini oladi. Biroq munofiqlar u bajargan xizmatga Allohning ehtiyoji yo‘qligini aytib, xizmatini kamsitadilar. Mazkur voqeaga javoban kuchlari yetganicha sadaqa bergan moʻminlarni ayblab, masxara qilganlar azobga uchrashi haqida oyat nozil bo‘lgan[1]. Payg‘ambar bilan Abu Aqiyl al-Ansoriy birga yo‘lga chiqqanida ilon chaqib oladi va unga Amr ibn Hazm ruqiya (dam solish) qilgan. Baʼzi manbalarda ismi o‘xshash Abu Aqiyl al-Balaviyning biografiyasida ham mazkur voqea keltirilgan va u ham „Sohib as-soʻ“ nomi bilan atalgani aytilgan. Shuningdek, yuqorida keltirilgan va boshqa shu kabi oyatlar tafsirida ham Payg‘ambarning mazkur daʼvatlariga turli xil o‘lchovda ehson qilish bilan javob bergan sahobalar haqida so‘z boradi.
Uning ismlari borasida turli taxminlar aytilgan. Ulardan Abdurrahmon ibn Bayhon, Abdurrahmon ibn Sayhon, Abdulloh ibn Abdurrahmon ibn Saʼlaba, Rifoʻa ibn Sahl va boshqalar[2].
Adabiyotlar
tahrir- Al-Voqidiy. Al-Mag‘āzӣ. I, 161;
- Ibn Hishom. As-Sӣra. II, 690;
- At-Tabariy. Jāmi’ al-bayān. X, 123-124;
- Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. I, 438; III, 458-459; IV, 219;
- Ibn Hajar. Al-Isāba. II, 402, 407; IV, 136;
- Mûcteba Uğur. „Ebû Akil el-Ensârî“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 88.
Manbalar
tahrir- ↑ Qurʼoni Karim „Tavba“ surasi, 79-oyat.
- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |