Abu Aruba
Abu Aruba (arabcha: أبو عروبة — Abu Aruba al-Husayn ibn Muhammad ibn Mavdud al-Harroniy) — muhaddis, adib, muarrix.
Abu Aruba al-Husayn ibn Muhammad
ibn Mavdud al-Harroniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 837-yil (hijriy 222-yil) |
Vafoti |
milodiy 931-yil (hijriy 318-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis, adib, muarrix. |
As-Sulamiy va al-Jazariy nisbalari bilan ham zikr qilinadi. 850-851-yil (hijriy 236-yil)da hadis ilmidan tahsil ola boshlagan.
Taʼlimi
tahrirAl-Jazira, Damashq va Iroq kabi mamlakatlarga safar qilib, Muhammad ibn Horis ar-Rofiqiy, Ismoil al-Fazoriy, Abduljabbor ibn Alo, Muhammad ibn Saʼid al-Ansoriy, Abu Yusuf as-Saydaloniy, Muhammad ibn Zanbur al-Makkiy, Amr ibn Usmon al-Himsiy, Abu Nuaym al-Halabiy va boshqa muhaddislardan ilm o‘rgangan. Abu Arubadan Ibn Hibbon, Ibn Adiy, Ibn as-Sunniy, Abu-sh-Shayx, Hokim al-Kabir, Abu Muslim Abdurrahmon al-Bag‘dodiy kabi taniqli muhaddislar hadis rivoyat qilganlar.
Ibn Adiy Abu Aruba hadis va muhaddislarni yaxshi bilgani va u harronliklarning muftiysi bo‘lganini aytadi. Al-Hokim al-Kabir esa, uni o‘zi ko‘rgan muhaddislar ichida eng ishonchlisi, hofizasi eng yaxshilaridan biri, hadisdan tashqari fiqh va kalom ilmini ham yaxshi bilgan olim sifatida zikr qiladi. Ibn Asokir uni shia ekanini taʼkidlab, umaviylarga qarshi bo‘lganini aytgan. Az-Zahabiy bu daʼvoning asossiz ekanini taʼkidlaydi.
Vafoti
tahrirAbu Aruba to‘qson olti yoshda olamdan o‘tgan.
Adabiyotlar
tahrir- „At-Tabaqāt“. Mazkur asar „At-Tarӣx“ nomi bilan ham zikr qilinadi.
- „Al-Amsāl as-sāira ’an Rasӯlillah“.
- „Ahādӣs Abӯ Arӯba al-Harrānӣ“.
- „Hadӣs“.
- „Al-Jazӣra“ yoki „Tarӣx“ va „Tarӣx Harrān“ nomlari bilan ham zikr qilingan.
- „Al-Avāil“.
- „Hadӣs al-jazariyyӣn“.
- „Kitāb al-ahkām“.
- „Kitāb shavāhid ash-shi’r“ va boshqalar[1].
Adabiyotlar
tahrir- Ibn Adiy. Al-Kāmil. I, 147;
- Ibn an-Nadim. Al-Fihrist. 286;
- Yoqut Hamaviy. Mu’jam. II, 236;
- Az-Zahabiy. Siyar. XIV, 510-512;
- Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. II, 774-775;
- Yofi’iy. Mir’āt al-jinān. II, 277;
- Hoji Xalifa. Kashf az-zunӯn. I, 163, 280;
- Ibn Hajar. Al-Isāba, III, 1235;
- Ibn al-Imod. Shazarāt az-zahab. II, 279;
- Kahhola. Mu’jam al-muallifӣn. IV, 60;
- Sezgin. GAS. I, 176;
- F. Rosenthal. „Abū ʿArūba“. EI2 (Fr.). I, 109;
- M. Yaşar Kandemir. „Ebû Arûbe“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 99.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |