Abu Bakr Alouddin Kosoniy
Abu Bakr Alouddin Kosoniy. Toʻliq ismi — Abu Bakr ibn Masʼud ibn Ahmad Alouddin Kosoniy - faqih.
Abu Bakr Alouddin Kosoniy faqih Alouddin Muhammad Samarqandiyning shogirdidir. Rum podshohining elchisi sifatida Halabga Nuriddin Mahmud huzuriga yuborilgan. Shu podshohning hukmronlik davrida Damashqda hanafiylik mazhabi imomi mansabida turgan. U Maliku-l-ulamo laqabi bin mashhur boʻlgan[1].
Asarlari
tahrir"Tuhfatu-l-fuqaho" ("Faqihlar tuhfasi") asariga "Badoiʼu-s-sanoiʼ fi tartibi-sh-sharoiʼ" ("Shariat tartibida ajoyib sanʼatlar") nomli sharh bitgan.
Vafoti
tahrirAbu Bakr Alouddin Kosoniy hijriy 587 yil rajab oyining 10-kuni (mil. 3 avgust 1191 y.)da Halab shahrida vafot etgan[2].
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Oʻrta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari ensiklopediyasi. Masʼul muharrirlar Sh. Ziyodov, O.Muhammadiev. Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2016.