Abu Bakr ar-Razmoziy

muhaddis va roviy

Abu Bakr ar-Razmoziy (arabcha: أبو بكر الرزمازي — Abu Bakr Muhammad ibn Jaʼfar ibn Jobir ibn Qarqon ar-Razmoziy as-Sug‘diy) — muhaddis va roviy.

Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far ibn Jobir ibn Qarqon ar-Razmoziy as-Sug‘diy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 987 yoki 989-yil (hijriy 377 yoki 379-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis, roviy

Ar-Razmoziy nisbasi Ishtixonga qa­rashli qishloqlardan biri bo‘lgan „Raz­moz“dan yasalgan. Qishloq Ishtixon va Kushoniya oralig‘ida joylashgan. Samarqand bilan oralig‘i yetti farsax masofani tashkil etgan.

Abu Bakr ar-Razmoziy asosan, hadislarni Hasan ibn Sohib ash-Shoshiy, Abu Naʼim Abdulmalik ibn Muhammad ibn Adiy Astaraboziy va Zohir ibn Abdulloh ibn Husayb as-Sug‘diy kabi bir qancha muhaddislardan rivoyat qilgan. O‘z nav­batida, Abu Bakr ar-Razmoziydan o‘z davrining yetuk allomalari — hofiz Abu Saʼd ibn Abdurrahmon ibn Muhammad al-Idrisiy va Abu Hafs Umar ibn Ahmad ibn Muhammad ash-Shohiniylar ham hadis tinglaganlar va rivoyat qilganlar[1].

Adabiyotlar

tahrir
  1. As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut. „Dor al-fikr“, 1998. VI, 122;
  2. Yoqut. Mu’jam. — Bayrut: „Dor ihyo at-turos“, 1979. V, 454;
  3. Y. Isayev, A. Abbosov. Ishtixoniy allomalar. — Samarqand: „Munis design group“, 2016. 67;
  4. O‘rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. — Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 292.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.