Abu Fazl Ishtixoniy
Abu Fazl Ishtixoniy (arabcha: ابو فضل اشتيخاني — Abu Fazl Muhammad ibn Amr ibn Muhammad ibn Abbos ibn Ali Maxzumiy Ishtixoniy Soʻgʻdiy Samarqandiy) — faqih.
Abu Fazl Ishtixoniy XI asrda Ishtixonda tavallud topgan. U zamonasining faqihi, adibi, grammatika ilmi bilimdoni va solih kishisi boʻlgan.
Ustozlari
tahrirAbu Fazl Ishtixoniy fiqh ilmi borasida Muhammad ibn Husayn Kashoniydan va Qurʼoni karimni qiroat qilish borasida esa Abu Bakr Muhammad ibn Abdulaziz ibn Tohir Buxoriydan (vaf. 525/1131 y.) taʼlim olgan[1].
Vafoti
tahrirAbu Fazl Ishtixoniy 560/1164 yili vafot etgan[2].