Abu Hafs Afrankadiy (arabcha: ابو حفص الافرنكادي — Abu Hafs Umar ibn Usmon ibn Abdussalom ibn Abdulmalik Afrankadiy) — Muhaddis va roviy.

Abu Hafs Afrankadiy
Tavalludi

hijriy 462 yili rajab oyi (milodiy 1070-yil aprel oyi)
Samarqanddagi Ishtixon shahriga qarashli Afrankad qishlogʻi.

Muhaddis va roviy

Abu Hafs Afrankadiy hijriy 462 yili rajab oyi (milodiy 1070-yil aprel oyi)da Samarqanddagi Ishtixon shahriga qarashli Afrankad qishlogʻida Usmon ibn Abdussalom xonadonida tavallud topgan.

Ustozi

tahrir

Abu Hafs Afrankadiy boshlangʻich taʼlimni tugʻilib oʻsgan qishlogʻida olagan. Keyinchalik, Samarqand shahriga borib, Abu Muhammad Abdurahmon ibn Abdurahmon ibn Solih qoziy Buxoriy Samarqandiydan hadis ilmining sir-asrorlarini oʻrgangan va hadislar rivoyat qilgan.

Rivoyat qilgan hadis

tahrir

Najmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida Abu Hafs Afrankadiyning Abu Muhammad Abdurahmon ibn Abdurahmon ibn Solih Buxoriydan rivoyat qilgan quyidagi hadis keltirilgan: Abu Hafs Afrankadiy: Bizga Abu Muhammad Abdurahmon ibn Abdurahmon ibn Solih qoziy Buxoriy Samarqandiy hadis aytdi, — dedi. U: Bizga Shayx Abu Ishoq Ibrohim ibn Muhammad Rayvarsuni xabar berdi, — dedi. U: Bizga Abu Muhammad ibn Ishoq Karobisiy xabar berdi, — dedi. U: Bizga Abu Muhammad Muzniy hadis aytdi, — dedi. U: Bizga Umar ibn Muhammad ibn Nasr Karxiy hadis aytdi, — dedi. U: Bizga Xolid ibn Aslam hadis aytdi, — dedi. U: Bizga Abdulmajid ibn Abdulaziz ibn Abu Ravod, u esa Ibn Jurayxdan, u esa Abu Zubayrdan, u esa Jobir roziyallohu anhudan hadis aytdi, — dedi. U aytadi: Rasululloh solallohu alayhi vasallam: „Albatta Alloh taologa taomlarning yaxshirogʻi uning ustida koʻp qoʻl boʻlganidir, — dedilar“[1].

Manbalar

tahrir
  1. Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 65.

Adabiyotlar

tahrir
  • Najmiddin Umar Nasafiy. Al-qand fi zikri ulamoi Samarqand. 487-488.