Abu Hafs Saraxsiy (arabcha: أبو حفص سرخسي — Abu Hafs Umar ibn Muhammad Sheroziy Saraxsiy) — mufassir, muhaddis va faqih

Abu Hafs Saraxsiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis,faqih, Mufassir

Abu Hafs Saraxsiy mufassir, muhaddis va faqih boʻlib, "Sharaful-umma" ("ummatning sharafi") nomiga sozovar boʻlgan. U 1058 yili Saraxs viloyatidagi "Sheroz" qishlogʻida tugʻilgan. Qurʼon tilovati bilan mashgʻul boʻlib, umrining oxirida kambagʻal kishilarga dars bergan[1].

Ustozi

tahrir

Abu Hafs Saraxsiy Marvda yashagan. Asosiy taʼlimni ustozi Abulmuzaffar Samʼoniydan olgan.

Asarlari

tahrir

Abu Hafs Saraxsiy fiqhiy ixtiloflarga doir 3ta asar yozgan. Shulardan "Al-iʼtisomu fil-xilof" (Ixtiloflardan saqlanish) asari keng tarqalgan.[2]

Vafoti

tahrir

Abu Hafs Saraxsiy 1135 yili Marvda vafot etgan va Sijdon qabristoniga dafn qilingan[3].

Manbalar

tahrir
  1. Hoji Xaliyfa. Kashfu-z-zunun. J.1. — B. 81.
  2. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 576.
  3. Ahmad ibn Ali Asqaloniy. Tagʻliqu-t-taʼliq. J.1. — B. 281.

Adabiyotlar

tahrir
  • Islom ensiklopediyasi. — T.: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat nashriyoti, 2004.