Abu Hafsa Yazid
Abu Hafsa Yazid (arab. ابو حفص يزيد) –Umaviylar xalifasi Marvon ibn Hakam ning (vaf. 684/685) mavlosi yoki xizmatkori. Yazidning toʻliq ismi ma’lum emas. Abu Hafsa “Hafsaning otasi” degan ma’noni anglatad[1]i.
hayoti:
tahrirMarvon Yazidni ozod qilgan va uni Madinada soliq yigʻish lavozimiga tayinlagan. U Yamoma amirining qiziga uylangan va ularning avlodlari orasida ilk islom davrining bir qancha taniqli shoirlari, jumladan Marvon ibn Abu Hafsa va Marvon ibn Abu al-Janub ham bor edi[2][3].
Abu Hafsa Yazidning kelib chiqishi aniq emas; u fors yoki yahudiy boʻlishi mumkin. U milodiy 650-yilda Istaxr fathi asnosida yoshligida asirga olingan va keyinchalik xalifaga sotilgan boʻlishi mumkin[4]. Usmon ibn Affon o‘ldirilgan kuni ozod qilingan. Abu Hafsa Yazid Islomni qabul qilganmi yoki yahudiy e’tiqodini saqlab qolganmi, bu borada manbalarda turlicha soʻlar kelgan[5].
Abu Hafsa Yazid ba’zan milodiy 643-yilda xalifa Umar I ning saroy tabibi sifatida tasvirlangan, ammo bu keyingi arab tarixchilarining yozuvlariga asoslangan xato boʻlishi mumkin, chunki u dastlabki matnlarda tabib deyilmagan[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Ibn Khallikan (1868). Ibn Khallikan's Biographical Dictionary. Vol. 3. Oriental Translation Fund of Great Britain and Ireland. pp. 343–347. Retrieved 2011-12-12.
- ↑ Bencheikh, J.E. (1991). "Marwān al-Akbar b. Abī Ḥafṣa and Marwān al-Aṣg̲h̲ar b. Abi 'l-D̲j̲anūb". In Bosworth, C. E.; van Donzel, E. & Pellat, Ch. (eds.). Encyclopaedia of Islam. Volume VI: Mahk–Mid (2nd ed.). Leiden: E. J. Brill. pp. 625–626. doi:10.1163/1573-3912_islam_SIM_4981. ISBN 978-90-04-08112-3.
- ↑ Meisami, Julie Scott; Starkey, Paul (1998). Encyclopedia of Arabic Literature. Vol. 2. Taylor & Francis. ISBN 0-415-18572-6. Retrieved 2011-12-12.
- ↑ Bencheikh, J.E. (1991). "Marwān al-Akbar b. Abī Ḥafṣa and Marwān al-Aṣg̲h̲ar b. Abi 'l-D̲j̲anūb". In Bosworth, C. E.; van Donzel, E. & Pellat, Ch. (eds.). Encyclopaedia of Islam. Volume VI: Mahk–Mid (2nd ed.). Leiden: E. J. Brill. pp. 625–626. doi:10.1163/1573-3912_islam_SIM_4981. ISBN 978-90-04-08112-3.
- ↑ Landman, Isaac (1942). Simon Cohen (ed.). The Universal Jewish Encyclopedia. Vol. 8. The Universal Jewish Encyclopedia, Inc. Retrieved 2011-12-12.
- ↑ Siddiqi, Muḥammad Zubair (1959). Studies in Arabic and Persian Medical Literature. Calcutta University. pp. 6, 8. Retrieved 2011-12-12.