Abu Hurayra
Abu Hurayra (arabcha: أبو هريرة — «Mushukning otasi») (602—679, Madina) — mashhur sahoba, roviy, faqihlardan. Asli ismi Abdurahmon ibn Sahr al-Davsiy Abdushams. [[RASULULLOH.S.A V]] tomonidan Abdurrahmon deb atalgan. Mushuklarni juda sevgan. Bir kun uning etagida bir mushuk bolasini koʻrgan Rasuli Akram, "Abu Hurayra" - mushukning otasi deya lutf etgan va u ham bundan iftixor etib, ushbu laqab bilan shuhrat topgan. Tijorat va boyligi yoxud maʻlum bir mashgʻuloti boʻlmagani uchun ashobi Suffa sirasiga kiritilgan. U Doril-irfondan dars olgan va huzuri Rasulallohdan bir lahza ham ayrilmagan. Ajoyib faqih boʻlib, ifto (fatvo beruvchi) mavqeiga koʻtarilgan. Umar tomonidan Bahrayn voliyligiga tayinlangan. Usmon zamonida Makka qozisi va Muoviya davrida Madina voliysi boʻlgan. Favqulodda kuvvai-hofizaga ega boʻlgan Abu Hurayra uch yil muttasil Nabiyning majlisidan ajralmagan va bu muddat mobaynida kuch-quvvatini Rasuli Akramning soʻzlari va ishlarini egallash hamda qayd etishga baxsh etgan. 5374 hadis rivoyat etgan. Bulardan 335 tasida Imom Buxoriy va Imom Muslim hamfikrdirlar, 93 tasi faqat Buxoriyda, 189 tasi yolgʻiz Muslimda, qolgan 4757 tasi boshqa hadis kitoblarida keltirilgan.
HavolalarTahrirlash
- „Абу Ҳурайра (розияллоҳу анҳу)“. Muslim.uz. Qaraldi: 11-oktabr 2020-yil.