Abu Muhammad Ato Samarqandiy (XIV asr) — astronom olim.

Abu Muhammad Ato Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi astronomiya

Abu Muhammad Ato ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Xoʻja Gʻoziy Samarqandiy oʻz ilmiy faoliyatini turli Sharq mamlakatlarida olib borgan Oʻrta Osiyolik astronomlar jumlasidandir. Asli samarqandlik boʻlgan Ato Samarqandiy oʻz vatanidan yiroqda, Hindistonning Sharqiy chegarasida ilmiy tekshirish ishlari bilan shugʻullangan. Uning 764/1362 yili Yuan Tchenn Xsi Vu Tsing sulolasidan boʻlgan shahzodalar uchun tuzgan astronomik jadvallari bizgacha yetib kelgan boʻlib, ularning asl nusxasi (avtograf) Parij milliy kutubxonasida (inv. № 6040) saqlanmoqda[1].



Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Вороновский Д.Г. Астрономы Средней Азии от Мухаммеда Хаваразми до Улугбека и его школы (IX-XVI вв.), в сб.: “Из истории эпохи Улугбека”. – Т., 1965. – С. 114-116.