Abu Nasr Samarqandiy (arabcha: ابو نصر سمرقندي — Abu Nasr Samarqandiy — Toʻliq ismi: Muhammad ibn Mas’ud Sulamiy Samarqandiy (X asrda yashagan)) — faqih.

Abu Nasr Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih

Hayoti va ijodi

tahrir

Abu Nasr Samarqandiy Abu Nazr Aʼyoshiy nomi bilan tanilgan. Abu Nasr Samarqandiy 320/932-yillari hayot bo‘lgan. Asli Tamimlik boʻlib, keyinchalik Samarqandda yashagan. U kishi shiya mazhabi mufassiri va muhaddis bo‘lgan. Dastlab u sunniy bo‘lgan, so‘ng shiyalikka o‘tgan. Xurosonda bosh imomlik qilgan va o‘z zamonida fiqh ilmida yagona kishi bo‘lgan. shoir va olimlarni o‘ziga do‘st tutgan. Uning mehmonxonasi doimo olimlar bilan gavjum bo‘lgan. Uch yuz ming dinor jamg‘armasini ilm va adabiyot ahllari uchun sarf qilgan. Kitoblari esa tevarak-atrofga tarqalib, juda katta shuhrat qozongan.[1] Arab tilida 208 ta asar yozgan. Bulardan „Kitob sirat abiy“ („Otamning tarjimai holi kitobi“), „Kitob sirat Umar“ („Umarning tarjimai holi kitobi“), „Kitob al-muvazzah“ („Izohlangan narsalar haqida kitob“), „Kitob sirat Muoviya“ („Muoviyaning tarjimai holi kitobi“) kabi asarlari diqqatga sazovordir. Ayniqsa uning „Tafsir as-Sulamiy“ kitobi mashhur boʻlib, nemis sharqshunosi K.Brokkelmanning yozishicha, bu asarning Ibrohim ibn Ahmad al-Qummiy tomonidan qaytadan ishlangan nusxasi bizgacha yetib kelgan.[2]

Manbalar

tahrir
  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 535.
  2. "Abu Nasr Samarqandiy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil