Bosh menuni ochish

Abu Nuvos Abu Ali Hasan ibn Honi Hakamiy

Abu Nuvos Abu Ali Hasan ibn Honi Hakamiy (762, Ahvoz - 813, Bagʻdod) — arab shoiri. Abbosiylar davrining buyuk shoirlaridan. Kufa madrasalarida ta’lim olgan. She’rlarining go‘zalligi, purhikmatliligi jihatidan hatto Umru ul-Qaysga tenglashtirilgan. May-parastligi tufayli el ichida "Sha’ir ul-Hamra" ("Ichkilik shoiri") degan nom olgan. Hayotining asosiy qismini Bag‘dodda o‘tkazgan, xalifalar — Horun ar-Rashid, Al-Amin va Al-Ma’mun bilan juda yaqin munosabatda bo‘lgan. Ijodi-da ishqiy va axloqiy mavzu yetakchi o‘rin tutadi. Uning "Devoni" Qohirada qayta-qayta nashr etilgan (1898).

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil