Abu Sa’idxon madrasasi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Abu Saʼidxon madrasasi — Samarqand madrasasi.
Madrasa | |
Abu Saʼidxon madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Samarqand viloyati |
Shahar | Samarqand |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Abu Saʼidxon |
Homiylar | Abu Saʼidxon |
Binokorlik | XVI asr—??? |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Tarixi
tahrirAbu Saʼidxon madrasasi XVI asrda shayboniylar sulolasi hukmdori Abu Saʼidxon tomonidan bunyod etilgan. Mazkur madrasa olima Mahkamoy Tursunova tadqiqotlarida Abu Said Turkistoniy madrasasi deb ham tilga olingan[1]. Abu Saʼidxon Koʻchkunchixonning oʻgʻli edi. Madrasani otasi Koʻchkunchixon tirikligida Ulugʻbek madrasasining janub tomonida qurdirgan. 1533-yilda Abu Saʼidxon vafot etgach, madrasa hovlisidagi daxmaga dafn qilingan. Abu Tohirxoja oʻzining Samariya asarida Abu Saʼidxon daxmasi hazrati Umar masjining shimolida joylashgan boʻlgan. Abu Saʼidxon madrasasida Mutribiy Nazriy Badaxshondan taʼlim oladi. Abu Tohirxoja madrasa va daxma toʻgʻrisida XIX asr birinchi yarmidagi ahvoli haqida shunday yozgan: "Hozirgi kunda bu daxma Childuxtaron nomi bilan, hovli oʻrtasida tomsiz buzuq bir holda murabbaʼ shaklida mavjuddir". Tarixiy manbalarda madrasa va daxma Hammomi koʻhna guzarida joylashgan. Madrasa XVIII asr oʻrtalarida ham yaxshi holatda boʻlgan va taʼlim jarayonlari mudarrislar tomonidan olib borilgan. Samariya asarida Abu Tohirxoja madrasa toʻgʻrisida shunday yozgan: "Sayyid Sharif Roqim tarixida shu madrasa toʻgʻrisida yozganda oʻsha zamonda butun va mahkam bir yoʻsinda boʻlganini aytadilar". Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator hujjatlar va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Jumladan madrasa toʻgʻrisida Samarqanddagi boshqa oliy oʻquv yurtlari kabi Turondagi „buzuqchilik davri“da (1710—1780) qariyib tashlandiq ahvolga tushib qolgandi. Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida oliy oʻquv yurti butkul buzilib ketgan. Ayrim adabiyotlarda madrasa „Koʻchkunchixon madrasasi“ deb ham tilga olingan[2].
Meʼmorchiligi
tahrirAbu Saʼidxon madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.