Nasafiy, Abu al-Mutiʼ (? - Nasaf — 930) — shoir. Nasafiy xayoti va ijodiga oid maʼlumot juda kam. Shoir arab tilida ijod qilgan. Bizgacha "Al-Luʼluiyyot fil-mavoiz" ("Mavʼizalar durdonalari") asarigina yetib kelgan. Asar ibratomuz hikoyatlar, pand-nasihat, axloq mavzusidagi sheʼrlar, hikmatlardan iborat. Ularda toʻgʻrilik, halollik, rostgoʻylik, yaxshilik, ilmga intilish gʻoyalari ulugʻlangan. Bu asar badiiy adabiyotda didaktik yoʻnalishning shakllanishida, axloqiy-siyosiy yoʻnalishdagi "Siyosatnoma" (Nizomulmulk), "Qobusnoma", "Qutadgʻu bilig", "Xibat ul-haqoyiq", "Qissai Rabgʻuziy" kabi asarlarning yaratilishida muhim rol oʻynagan. Uni 1935-yil Maʼmud ibn Hasan ibn Qozi Oraj "Mayamin ut-tarjuman va munis ul-inson" ("Tarjimon saodati va inson doʻsti") nomi bilan fors tiliga tarjima qilgan. 1868-yilda forsiydan oʻzbekchaga "Munis ul-inson" ("Insonlar doʻsti") nomida oʻgirilgan nusxalari Sankt-Peterburgdagi Rossiya milliy kutubxonasida saqlanadi.

Adabiyot tahrir

  • Ravshanov P., Adabiy sahifalar, T., 1985.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil