Abulfath ibn Ali Mutarriziy
Abulfath ibn Ali Mutarriziy(arabcha:أبو الفتح بن علي المطريزي — Abulfath ibn Ali Mutarriziy — Toʻliq ismi:Abulfath Burhoniddin Nosir ibn Abulmakorim Abdussayyid ibn Ali Mutarriziy) — faqih.
Abulfath ibn Ali Mutarriziy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 1144-yil |
Vafoti | 1213-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih |
Faoliyati
tahrirAbulfath ibn Ali Mutarriziy 1144-yilda Xorazmning Jurjoniyya (hozirgi Ko‘hna Urganch) shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. Otasi Abdussayyid o‘z davrining o‘qimishli kishilaridan bo‘lgan.[1] Xorazmda faoliyat yuritgan taniqli olimlardan fiqh, hadis, tilshunoslik, lug‘atshunoslik, adabiyotshunoslik kabi ilmlardan saboq olib, yetuk faqih bo‘lib yetishadi. „Aliyzoh“, „Al-iqnoʻ fi-llug‘a“, „Al-muqaddima fi-nnahvi“, „Al-misboh fi-nnahvi“, "Muxtasar „Islohu-lmantiq“, „Al-mug‘rib“ nomli asarlar yozadi.[2] „Xalifatu-zZamaxshariy“ (Zamaxshariyning xalifasi, o‘rinbosari) degan sharafli nomga ega bo‘ladi. Alloma 1213-yilda Xorazmda vafot etadi.[3][4][5]