Abulfazl Muhammad Samarqandiy (arabcha: أبو الفضل محمد سمرقندي — Abulfazl Muhammad Samarqandiy — Toʻliq ismi: Imom Abulfazl Muhammad ibn Abduljalil ibn Abdulmalik ibn Ali ibn Haydar Samarqandiy (XII asrda yashagan)) — Tarjimon va tarixchi.

Abulfazl Muhammad Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti
Dini Islom
Tanilgan sohasi Tarjimon, tarixchi

Hayoti va ijodi tahrir

Abulfazl Muhammad Samarqandiy XII asrda yashagan mohir tarjimon va tarixnavis olimdir. U Samarqandda tugʻulgan, Najmiddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy Samarqandiyning shogirdi bo‘lgan. Shogird o‘z ustozining "Kitobu-l-qand fi tarixi Samarqand" („Samarqand tarixi haqida qand kitobi“) nomli arab tilidagi asarining fors-tojik tilidagi qisqartmasini yozgan va uni „Qandiyyai xo‘rd“ („Kichik qandiya“) deb nomlagan. „Qandiyyai xo‘rd“ ikki qismdan iborat boʻlib, birinchi qismda Samarqand tarixi va undagi qabristonlar tasvirlangan. Bu qismda muallif foydalangan manbalar sifatida „Tarixi Samarqand“, „Bayonu-l-maorif“, „Tajribanoma“, „Qisasi nishopuriyon“ asarlarni eslatiladi. Keyin „Zikri pironi Hindiston“ („Hindiston pirlarini eslash“) degan bob boshlanib, foydalanilgan manbalar ko‘rsatiladi. Abulfazl Muhammad Samarqandiy Tohirjonov bu qism asarning oxirgi bobi deb, V. V. Bartoldning bu qism ehtimol Sayyid Ahmad ibn Mir Vali degan olim tomonidan kiritilgandir degan fikrini keltiradi. Qisqartmaning mazmuniga qarab, islomgacha bo‘lgan yarim afsona maʼlumotlar, arab istilosi va unga qarshi kurash, Samarqandning qurilishi, sug‘orish sistemasi, sug‘oriladigan yerlardan olinadigan soliqlarni bilib olish mumkin. Asarda Samarqand va uning atrofida yashagan aziz avliyolarning tarjimayi holi, Samarqand mozorlari va ularni ziyorat qilish bayoniga ham o‘rin berilgan. „Qandiyayi xo‘rd“ning qimmatli jihati yana shundaki, unda Samarqand va uning atrofidagi yerlarning qariyb 1000 yil ilgarigi sug‘orish tizimi haqida maʼlumotlar, Samarqand mozorlari tav-sif etilayotgan qismida esa Samarqand atrofidagi qishloqlarning boshqa asarlarda uchramaydigan nomlari keltirilgan. „Qandiyayi xo‘rd“ning qo‘lyozma nusxalari Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHQMning qo‘lyozmalar fondida, Tojikiston FA va Sankt-Peterburg kutubxonalarida saqlanmoqda. Kitob Samarqandda 1327/1909-yili, Tehronda 1334/1953-yili toshbosma usulida nashr etilgan.[1]

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar tahrir

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 543-544.