Imodiddin Abulgʻays ibn Abu Numay al-Hasaniy (arabcha: عماد الدين أبو الغيث بن أبي نمي الحسني) 1305–1302 hamda 1314-yillarda Makka amiri boʻlgan. Ukasi Humayda ibn Abu Numay tomonidan oʻldirilgan. 1254–1301-yillarda Makkada hukmronlik qilgan Abu Numay I ning 30 nafar oʻgʻillaridan biri. Onasi Huzayl qabilasidan boʻlgan.

Abulgʻays ibn Abu Numay
Makka amiri va sharifi
1-hukmronlik 1302-yil avgust – 1305-yil iyul
Oʻtmishdoshi
Davomchisi
Qoʻshma hukmdorlik Utayfa ibn Abu Numay
2-hukmronlik 1314
Oʻtmishdoshi
Davomchisi Humayda ibn Abu Numay
Uy
Otasi Abu Numayy I

Birinchi hukmronlik davri

tahrir

Hijriy 701-yilning (1301-yil oktyabr) Safar oyida Abu Numay vafot etgach, vorislik borasida nizo kelib chiqqan. Ashrafning bir guruhi Abulgʻays va uning ukasi Utayfani otalarining oʻlimidan ikki kun oldin qoʻshma amir deb eʼlon qilingan akalari Humayda va Rumaysaga qarshi qoʻllab-quvvatlashgan. Abulgʻays va Utayfa qoʻlga olinib, bir muddat qamoqqa tashlangan, biroq oradan biroz vaqt oʻtib ular qochishga muvaffaq boʻlgan. Misrning haj karvoni (Baybars al-Mansuriy ad-Davodar boshchiligida) yetib kelgach, Abulgʻays va Utayfa bir qancha yuqori martabali amirlar, jumladan, Baybars al-Jashnakir bilan uchrashib, birodarlari ustidan shikoyat qilgan. Haj marosimlari tugagach (1302-yil avgust), Baybars Humayda va Rumaysani hibsga olgan. Ularning oʻrniga Abulgʻays va Utayfa taxtga oʻtirgan va sulton an-Nosir Muhammadga bay’at qilgan. Baybars al-Davodarning „Zubdat al-fikrah“ asarida amirlikni Abulgʻays bilan birga Utayfa boshqargan deya keltirilgan boʻlsa, Ibn Abdulmajid oʻzining „Bahjat al-zamon“ asarida Makka amirlari oʻsha vaqtda Abulgʻays bilan birga Utayfa emas, balki Muhammad ibn Idris qoʻsha amir boʻlganligini yozgan. Bir necha kundan keyin Abulgʻays Muhammad ibn Idrisni quvib chiqargan. Ular oʻrtasida jang kechib, koʻplab ashraflar halok boʻlgan[1].

Hijriy 702-yilda an-Nosir Abulgʻays va Utayfaga Baybars al-Jashnakir tomonidan bildirilgan baʼzi bid’atlarga chek qoʻyishni buyurgan[2].

Amir ar-rakab hijriy 703-yilning boshida Qohiraga qaytib kelgach, sultonga aka-ukalarning dabdababozligidan, qullarining haddan tashqari ochkoʻzligidan shikoyat qilgan[3].

Hijriy 704-yilning Zulhijja oyida haj marosimlari tugagandan keyin (1305-yil iyul) Baybars al-Jashnakir Abulgʻays va Utayfaga an-Nosirning amirlik boshqaruvini ularning akalariga qaytarishni buyurganini xabar bergan. Abulgʻays va Utayfa ushbu qarorni qabul qilishdan bosh tortgach, ularni hibsga olgan va oʻzlari kelayotgan karvon bilan ortga qaytarib olib ketgan. Misrda Abulgʻays va Utayfaga pul berilib, sultonning amirlari bilan birga ot minib yurishgan[4].

Ikkinchi hukmronlik davri va oʻlimi

tahrir

Hijriy 713-yilning Shavvol oyida (1314-yil yanvar-fevral) an-Nosir Humayda va Rumaysani amirlikdan tushirish uchun haj karvoni bilan qoʻshin yuborgan, chunki ularning ustidan koʻp shikoyatlar kelib tushgan edi. Abulgʻays yana Makka amiri etib tayinlangan, Makkaga yurish chogʻida unga Madinaning Banu Husayn qabilasidan 320 mamluk otliq va 500 otliq qoʻshin hamroh boʻlgan. Qoʻshin tarkibidagi amirlar orasida Qus voliyi va qoʻshin qoʻmondoni Sayfiddin Taqsuba an-Nosiriy, Sayfiddin Baktamur, Sarimiddin Saruja al-Husomiy, Aloviddin Aydugʻdiy al-Xorazmiy, Damashqdan boʻlgan amir al-rakab Sayfiddin Balaban at-Tatariyar boʻlishgan. Humayda va Rumaysa lashkarning yaqinlashayotganidan xabar topgach, Haliy Banu Yaʼqub tomon qochib ketishgan[5].

Hajdan keyin Taqsuba Abulgʻaysni qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻshin bilan ikki oyga yaqin Makkada qolgan.

Keyinchalik, Humayda lashkarning ketayotganidan xabar topgach, qoʻshinlarini toʻplab, Makkani egallagan. Abulgʻays qoʻshini tomonidan oʻldirilganlarning soni taxminan 15 nafar piyoda va 20 nafardan ortiq otliq askarlarini tashkil qilgan. U Vodi Naxladagi Hudahiyl qarindoshlaridan panoh topgan va ularni an-Nosirning huzuriga yordam soʻrab yuborgan. Sulton Abulgʻaysga qoʻshimcha kuchlar yuborib, Madina amiriga unga yordam berishni buyurgan. Zulhijja oyining 4-sanasi (1315-yil 11-mart) seshanba kuni Abulgʻays va Humayda Makka yaqinida jang qilishgan. Abulgʻaysning qoʻshinlari soni koʻproq boʻlsa-da, bu safar ham magʻlub boʻlgan. Jangda yarador boʻlib, asirga olinib, Humaydaning buyrugʻi bilan Xayf Banu Shadidda qatl etilgan[6].

Manbalar

tahrir
  1. al-Najm Ibn Fahd, Itḥāf al-wará, 3/134–136
  2. al-Najm Ibn Fahd, Itḥāf al-wará, 3/136–137
  3. al-Najm Ibn Fahd, Itḥāf al-wará, 3/137–138
  4. al-Najm Ibn Fahd, Itḥāf al-wará, 3/142
  5. al-Najm Ibn Fahd, Itḥāf al-wará, 3/150–151
  6. al-Najm Ibn Fahd, Itḥāf al-wará, 3/152–153

Adabiyotlar

tahrir
  • Ibn Fahd, ‘Izz al-Din ‘Abd al-‘Azīz ibn ‘Umar. Ghāyat al-marām bi-akhbār salṭanat al-Balad al-Ḥarām, 1st (Arabic) Shaltūt: , Makkah: Jāmi‘at Umm al-Qurá, Markaz al-Baḥth al-‘Ilmī wa-Iḥyā’ al-Turāth al-Islāmī, Kullīyat al-Sharīʻah wa-al-Dirāsāt al-Islāmīyah [Composed before 1518], 1986–1988. 
  • Ibn Fahd, Najm al-Din Umar ibn Muḥammad. Itḥāf al-wará bi-akhbār Umm al-Qurá, 1st (Arabic) Shaltūt: , Makkah: Jāmi‘at Umm al-Qurá, Markaz al-Baḥth al-‘Ilmī wa-Iḥyā’ al-Turāth al-Islāmī, Kullīyat al-Sharīʻah wa-al-Dirāsāt al-Islāmīyah [Composed before 1481], 1983–1984. 
Abulgʻays ibn Abu Numay
Humkdorlik unvoni
Oldingisi Makka amiri
1302-yil avgust – 1305-yil iyul
Keyingisi
Oldingisi Keyingisi
Oldingisi Makka amiri
1314
Keyingisi
Oldingisi