Abulhasan Isbiyjobiy Samarqandiy

Abulhasan Isbiyjobiy Samarqandiy (1062-1141)— faqih.

Abulhasan Isbiyjobiy Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih

Abulhasan Ali ibn Muhammad ibn Ismoil ibn Ali ibn Muhammad ibn Ishoq Bahouddin Isbiyjobiy Samarqandiy Isbiyjobga nisbat berilgan boʻlib, 454/1062-yil Isbiyjobda, jumadul avval (may) oyida tugʻilgan. Alloma Samarqandda yashab ijod qilgan. Oʻsha davrda Abu Hanifa mazhabi yoʻl-yoʻriqlarini allomachalik biladigan kishi Movarounnahrda boʻlmagan. U muftiy boʻlgan va shayxulislom darajasiga koʻtarilgan. Allomaning mazhab boʻyicha fikrlarini quvvatlaydigan as’hoblari va shu bilan birga u kishiga muxolif chiqadiganlar ham boʻlgan. Abulhasan Samarqandiy Samarqand imom­lari­dan biri boʻlgan ustozi Abulali Hasan ibn Ali ibn Ahmad ibn Robiʼ ibn Shofiʼ ibn Muʼmin Sankabosiydan hadis eshitib taʼlim olgan. Shu ustozi fatvo va boshqa masalarlarni chiqarishga ijozat bergan[1].

Alloma 535/1141-yil, 23 zulqaʼda/29-iyun kuni Samarqandda vafot etgan[2].

Asarlari

tahrir

AllomaningAl-fatovo“ („Fatvolar“), „Sharh muxtasari-t-Tahoviy“ („Tahoviy muxtasariga sharh“), „Al-bahr muʼziy“ („Taskinlantiruvchi dengiz“), „Sharhu-l-mabsut“ („Mufassal sharh“) asarlari mashhur. Allomaning asarlaridan islom huquqining naqadar buyukligi, ulardan insonlar ibodat, muomala va hayot tarzini oʻtkazishda foydalanish yoʻllarini bilib olish mumkin. Allomaning tarixi va ilmiy meroslarini oʻrga­nish, islom fiqhiy masalalarini yanada teranroq oʻrganishlikda katta ahamiyat kasb etadi.

Manbalar

tahrir
  1. Abdulkarim Marvaziy. At-tahbir fi-l-muʼjami-l-kabir. — Bagʻdod. Riasotu devoni-l-avqof, 1975. — B. 575.
  2. Зириклий. Ал-аълом. Ж. 4. – Байрут: Дору-л-илм ли-л-малайин, 2002. – Б. 329.