Abulmuzaffar Sam’oniy
Abulmuzaffar Sam’oniy (arabcha: أبو المظفر السماني — Abulmuzaffar Sam’oniy — Toʻliq ismi: Abulmuzaffar Mansur ibn Muhammad Sam’oniy Marvaziy) — mufassir, muhaddis va faqih.
Abulmuzaffar Sam’oniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 1035-yil |
Vafoti | 1096-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Mufassir, Muhaddis, Faqih |
Hayoti
tahrirAbulmuzaffar Sam’oniy mufassir, muhaddis, faqih, muftiy, faxru-d-din (dinning iftixori), qozi, adib boʻlib, tarixchi Abu Saʼd Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniyning bobosi. Marvda tugʻulgan Yoshlikdan hadislarni o‘rgangan va ota-bobolari singari fiqhdagi qodiriyya oqimiga mansub bo‘lgan. Uzoq yillar Xuroson, Iroq va Hijoz shaharlari bo‘ylab sayohat qilgan va bir muddat Movarounnahrda istiqomat qilib, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv olimlaridan tahsil olgan. „Al-jomi’u-s-sahih — Sahihi Buxoriy“, „Sunan Termiziy“, „Sunan Abu Dovud“ hadis to‘plamlarini yod bilgan. 1069-1070-yilda Makkada shofi’iylarga qo‘shilgan. Sayohati davomida 100dan ortiq eng yirik muhaddislardan 1000ta eng sara hadislarni to‘plagan. 50dan ziyod shogirdi bo‘lgan. Fiqh, hadis, tilshunoslikka oid 10ta asar yozgan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 596.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |