Abulqosim Abdulloh al-Bagʻoviy (arabcha: أبو القاسم عبد الله الباغو — Abulqosim Abdulloh ibn Muhammad ibn Abdulaziz Bagʻoviy. Abulqosim al-Bagʻoviy) — Mufassir, faqih, muhaddis.

Abulqosim Abdulloh Bag‘oviy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 929-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Faqih

Abulqosim Abdulloh al-Bagʻoviy 829 yili Bagʻdod shahrida tugʻilgan. Uning yoshligi bobosi Ahmad Bagʻoviy va amakisi Ali ibn Abdulaziz Bagʻoviylarning ilmiy majlislarida oʻtgan. Bobosi Ahmad Bagʻoviy shogirdlariga hadis ilmidan dars oʻtgan paytida Abulqosim Abdulloh al-Bagʻoviy ham yosh boʻlishiga qaramay, eshitib, yod ola boshlagan. Uning xati juda chiroyli boʻlib, husnixat sohibi boʻlgani bois, bobosi va amakisining bir qancha kitoblarini koʻchirgan. Koʻchirgan kitoblarida uning nomi qayd etilgan. Oʻsha davrda "Bagʻoviy" nisbasi bilan ijod qilgan allomalar koʻp boʻlgani bois, boshqalardan farqlab oish uchun unga „Bagʻoviyul kabir“ (Katta Bagʻoviy) unvoni berilgan.

Ustozlari tahrir

U oʻn bir yoshidan boshlab ustozlari Ali ibn Jad, Ali ibn Madaniy, Ahmad ibn Hanbal, Abu Nasr Tammor kabi muhaddislardan hadis tinglagan. Abulqosim Abdulloh al-Bagʻoviy uch yuzdan ortiq muhaddis va shayxlardan tahsil olgan.

Shogirdlari tahrir

Abulqosim Abdulloh al-Bagʻoviydan Ibn Said, Kotiʼiy, Ismoiliy, Ibn Shahin, Daraqutniy, Ibn Qaniʼ, Tabaroniy, Ibn Hibbon kabi muhaddis va roviylar hadis, fiqh ilmidan saboq olgan va hadis rivoyat qilgan.

Vafoti tahrir

Abulqosim Abdulloh al-Bagʻoviy yuz yoshdan ortiq umr koʻrib, 317/929 yili Ramazon hayit kuni kechasi Bagʻdodda vafot etgan. Xoki Babuttin qabristoniga dafin etilgan.

Asarlari tahrir

Alloma tarix va fiqh sohalarida ham sermahsul ijod qilgan. Uning asarlari quyidagilar:

• "Muʼjamus sahoba" (Sahobalarning hayoti), — unda sahobalar haqidagi maʼlumotlar va ular rivoyat qilgan hadislar alifbo tartibida keltirilgan.

• "Tarix vafotish shuyux".

• "Masoilu Ahmad ibn Hanbal".

• "Hikayatu Shuʼba va Amr ibn Murro" (Shuʼba va Amr ibn Murroning hikoyalari).

• "Salasatun va salasuna hadisan min hadisi Abuqosim" — Abulqosim Abdulloh al-Bagʻoviy muhaddis Ahmad ibn Hanbalning "Kitabul ashriba" asarini oʻqib, mazkur asarni yozgan.

• Shuningdek, bobosi Ahmad Bagʻoviy hamda amakisi Ali ibn Abdulazizlarning "Musnad" asarlaridan foydalangan va "as-Sunan aʼla mazhabil fuqaho" fiqhga oid asarini yozgan.

• Ustozi Ali ibn Jadning hadislarini toʻplab, oʻn ikki juʼzlik "Al-Jaddiyat"ga kiritgan[1].

Manbalar tahrir

  1. Islom ensiklopediyasi. Turkiya Diyonat vaqfi Istanbul 1997.