Abulqosim Muqriy
Muqriy, Abulqosim Jaʼfar bin Ahmad bin Muhammad (vaf. 989) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Abu Abdulloh Muqriyning ukasi. Ibn Ato, Jurayriy, Abubakr bin Abi Saʼdon, Mumshod Dinavariy, Abu Ali Rudboriy suhbatidan bahramand boʻlgan.
Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni qisqartirib kiritgan[1][2].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |