Acclaim Entertainment
Acclaim Entertainment — Amerika kompyuter oʻyinlari ishlab chiqaruvchisi va nashriyoti. Kompaniya kompyuter oʻyinlarini turli xil oʻyin platformalarida ishlab chiqdi, nashr etdi, tarqatdi va bozor yordamini taqdim etdi, jumladan:
- Sega tizimlari: Mega Drive, Saturn, Dreamcast, Game Gear va Yevropa mintaqasida Sega Master System;
- Nintendo tizimlari: NES, SNES, Nintendo 64, GameCube, Game Boy, Game Boy Color, Game Boy Advance;
- Sony tizimlari: PlayStation, PlayStation 2;
- Microsoft Xbox.
- kompaniya uchun kamroq xarakterli bozorlar: PC va arkada avtomatlar.
Turi | ommaviy kompaniya |
---|---|
Tarmogʻi | Andoza:ISIC |
Birja listingi | AKLM |
Qachon asos solingan | 1987 |
Qchon tugatilgan | 2004 |
Tugatilish sababi | bankrotlik |
Joylashuvi | AQSh, Nyu-York, Glen Cove |
Asoschi(lari) | Gregory Fischbach |
Mahsulot(lar)i | kompyuter o'yinlari, komikslar |
Ishchilar soni | taxminan 800 (2001) |
2004-yilda Acclaim Entertainment tugatilgandan soʻng, logo va savdo belgisi huquqlari uchinchi tomon kompaniyasi Acclaim Games (hozirda u ham tugatilgan) tomonidan sotib olindi. Kanadadagi kompyuter oʻyinlari nashriyoti Throwback Entertainment Acclaim oʻyin kutubxonasidan 150 dan ortiq nomlarini ishlatish huquqini qoʻlga kiritdi. 2010-yilning iyul oyida we Go Interactive (Seul, Koreya Respublikasi) Throwback Entertainmentdan Re-Volt, RC Revenge Pro va RC de GO bilan bogʻliq barcha huquqlarni sotib oldi[1].
Tarixi tahrir
Acclaim 1987-da Delaver shtatining umumiy korporativ huquqi asosida tashkil etilgan va AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Avstraliya va Yaponiyada faoliyat yuritgan[2]. Mavjudligining ilk bir necha yilida kompaniya oʻyinlarni ishlab chiqishni, shuningdek, xorijiy oʻyinlarini mahalliylashtirishni uchinchi tomon kompaniyalariga qoldirib, faqat kompyuter oʻyinlarini nashr etish bilan shugʻullangan. Oʻsish davomida, Acclaim Iguana Entertainment (Austin, Texas, AQSh), Probe Entertainment (London, Buyuk Britaniya) va Sculptured Software (Salt Lake City, Utah, AQSh) kabi bir qancha mustaqil ishlab chiqaruvchilarni yolladi. Ularning oxirgi ikkitasi 1995-yilda sotib olingan.[3][4]
Kompaniyaning nomi shunday tanlanganki, Acclaim alifbo roʻyxatida Activisiondan yuqorida turishi kerak boʻlgan, (asoschilarning biri Activisionni tark etgan), shuningdek, Accoladedan ham yuqori turishi kerak edi (bu kompaniyani ham Activisiondan ajrab chiqqanlar tomonidan tashkil qilingan). Istehzo shundaki, oʻz vaqtida xuddi shu tamoyil, Activision asoschilari tomonidan qoʻllanilgan (ular Atari kompaniyasidan ajralib chiqishgan).
Acclaim tomonidan chop etilgan oʻyinlarning koʻpchiligi litsenziyalangan: komikslar, televizion koʻrsatuvlar (jumladan, resling va animatsiya seriallar), shuningdek, kinofilmlar boʻyicha oʻyinlar. Bundan tashqari, kompaniya 1990-yillarning birinchi yarmida, jumladan, Mortal Kombat seriyasini oʻz ichiga olgan koʻplab Midway Games arkada oʻyinlarini koʻchirish bilan shugʻullangan. Boshqa faoliyat sohasi nashr etilgan vaqtda AQShda oʻz boʻlinmalariga ega boʻlmagan dasturchilarning kompyuter oʻyinlarini nashr etish edi, masalan, Technos Japan Corporationdan Double Dragon II: The Revenge yoki Taito Corporationdan Bust-A-Move. Biroq, arkada oʻyinlari bozorining yomon ahvoli natijasida, qiziqishning pasayishi va asosiy oʻyin seriyalarining narxlarning tushishi hamrohligida Acclaim bir qator litsenziyalardan mahrum boʻlgan. Dave Mirraʼs Freestyle BMX oʻyin seriyasining kodini qayta koʻrib chiqish ham buning kechikkan javoblaridan biri boʻldi.
Acclaim biznesining ahamiyati kamroq qismi oʻzining dasturiy taʼminot mahsulotlari uchun „rasmiy qoʻllanmalar“ nashr etish, shuningdek, Acclaim Comics shoʻba korxonasi orqali komikslar jurnallarining „maxsus nashr“ qilish boʻlib, ular orqali eng daromadli brendlar qoʻllab-quvvatlangan. Ushbu faoliyat davomida ASF/AMC video maʼlumotlarini saqlash formatlari ishlab chiqilgan boʻlib, ular hozirgacha qoʻllanilmoqda.
Acclaim 1988-yilda WWF WrestleMania oʻyinining chiqarilishidan soʻng Jahon resling federatsiyasi bilan uzoq va muvaffaqiyatli hamkorlik qildi. Biroq, Acclaim oʻyinlari resling boʻyicha Jahon chempionatida THQ/AKI tomonidan chiqarilgan Monday Night Wars oʻyinlari bilan bir xil muvaffaqiyatga erisha olmaganidan soʻng, kutilmaganda Acclaim litsenziyasini bekor qiladi va 1999-yilda THQga uzatadi. Bunga javoban, Acclaim Extreme Championship Wrestlingdan litsenziya oldi va bundan keyin ikkita oʻyinni chiqardi. 2001-yilda oʻzining bankrotlik vaqtida, ECW Acclaimdan qarzdor boʻlib qoldi. Keyinchalik, mavjudligining soʻnggi yillarida ogʻir moliyaviy ahvolda boʻlgan Acclaim, Legends of Wrestling sarlavhasi ostida uchta resling oʻyinini chiqardi.
Acclaim asta-sekin bankrotlikka yaqinlashayotganda, administrator Steve Perry bir qator bahsli marketing va biznes qarorlar qabul qildi. Misol uchun, kompaniya Turok: Evolution oʻyinini targʻib qilish kampaniyasining bir qismi sifatida oʻz bolasiga „Turok“ deb ism qoʻygan Buyuk Britaniyadagi ota-onalarga £500 mukofot vaʼda qildi.[5] Yana bir misol, Shadowman komiksiga asoslangan oʻyinni qoʻllab-quvvatlash uchun amaldagi „qabriston“ saytda reklama joyini sotib olishga urinishdir.[5]
1999-yil may oyida Acclaim global rebrendingni oʻtkazdi, unga koʻra, barcha ichki studiyalar oʻz joylashuviga koʻra qayta nomlandi.
2002-yilda Acclaim Software Creations[6] mulkining koʻp qismini sotib oladi va uning asosida yangi dasturchilar jamoasi — Acclaim Studios Manchesterni shakllantiradi. Shu yilning dekabr oyida, kompaniya ilgari Sculptured Software deb nomlangan Salt-Lake-Cityni yopishga qaror qiladi.[7]
Acclaim koʻplab sud ishlarining obyekti boʻlib qoladi, sudlashuvchilarning asosiy qismi sobiq hamkorlar boʻlgan. Misol uchun, Mary-Kate Olsen va Ashley Fuller Olsen toʻlanmagan mualliflik toʻlovlarini eʼlon qilishdi.[8]
BMX — BMX XXX seriyasidagi soʻnggi oʻyinlarda „soʻnggi umid“ harakati sifatida savdoni oshirish uchun nudistik, erotik va qisman pornografik kontent qoʻshildi[9]. Biroq, oʻsha paytdagi barcha Acclaim oʻyinlari singari, bu oʻyinlar ham yomon sotilgan; kontent va yomon oʻyin mexanikasi uchun sarkazmga boy tanqid ostiga tushgan. Dave Mirra BMX XXXga aloqadorlikdan bosh tortdi, chunki u nudistik kontentni oʻyinga kiritish haqida qaror qabul qilishga jalb qilinmagan; BMX XXXga aloqador boʻlishdan qoʻrqib, Acclaimga qarshi daʼvo arizasi bilan murojaat qildi[9]. Boshqa tomondan, Acclaim boshqaruvini notoʻgʻri hisobotlarni chop etishda ayblagan investorlar „sahnaga chiqishdi“.
Acclaim video-mahsulotlari va kompyuter oʻyinlari juda yomon sotilgani natijasida 2004-yilda kompaniya jiddiy moliyaviy muammolarga duch keldi. Natijada, Acclaim Studios Cheltenham va Acclaim Studios Manchesterning Buyuk Britaniyadagi va boshqa joylardagi boʻlimlari yopildi, shuningdek, AQSh bankrotlik kodeksining 11-boʻlimiga asosan kreditorlardan himoya qilish boʻyicha ariza berildi, buning natijasida ishchilarning aksariyati hech qanday toʻlov olishmadi. Oʻsha paytda Emergency Mayhem, Kung Faux va Made Man kabi oʻyinlar ustida ish olib borilayotgan edi.
2004-yilning 7-sentyabrda Nyu-York bankrotlik sudi bankrotlik ishi uchun Amerika qoʻshma Shtatlari bankrotlik kodeksi 7-bobi asosida Acclaim bankrotligi boʻyicha ariza ilova qilindi, qarzni qoplash uchun maksimal 100 mln AQSh dollariga baholangan barcha mavjud aktivlarni jalb qilinishi kompaniyani yoʻq qildi.
2004-yil oktyabr oyida Cheltneem va Manchesterda yangi „Exclaim“ nomi ostida studiyalarni qayta tiklashga harakat qilindi, biroq u AQSh va Buyuk Britaniyaning oʻzida koʻtarilgan intellektual mulk huquqlariga oid bahs-munozaralar tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
2005-yil avgust oyida xabar qilinganidek, Activision rahbari Xovard Marks 100 ming dollar evaziga „Acclaim“ nomidan foydalanish huquqiga ega boʻldi. 2006-yilning boshida Marks Acclaim Games deb nomlangan yangi kompaniya tashkil qiladi. Kompaniyaning qonuniy hujjatlariga koʻra, Acclaim Games AQSh va Buyuk Britaniyaning bolalar va oʻsmirlar multiplayer oʻyin bozorlariga moʻljallangan. Biroq, Acclaimning yangi inkarnatsiyasi ulanish va toʻlov qilish bilan bogʻliq muammolar, gʻirrom oʻyinchilarga qarshi kurashning yetishmasligi tufayli muvaffaqiyatli boʻlmadi. Natijada, Acclaim Games Better Business Bureauning Los-Anjeles va Janubiy Kaliforniyadagi boʻlimlarida „F“ darajasini oldi.[10]
Shoʻba korxonalari tahrir
Studiyalar tahrir
- Acclaim Comics, Nyu-York, Nyu-York. 1989-da Valiant Comics sifatida tashkil etilgan, 1994-yil iyun oyida sotib olingan.
- Acclaim Studios Austin, Austin, Texas. 1991-yil 14-avgustda Sunnyvale, Kaliforniyada Iguana Entertainment sifatida tashkil etilgan. 1995-yilda sotib olingan.
- Acclaim Studios London, London, Buyuk Britaniya. 1984-yilda Probe Software sifatida tashkil etilgan, 1995-yil oktyabrda sotib olingan.
- Acclaim Studios Salt Lake City, Salt Lake City, Utah. 1984-yilda Sculptured Software sifatida tashkil etilgan, 9-oktyabr 1995-yilda sotib olingan.
- Acclaim Studios Teesside. Teesside, Buyuk Britaniya. 1988-yilda Optimus Software sifatida tashkil etilgan, 1993-yilda Iguana Entertainment tomonidan sotib olingan.
Tovar belgilari tahrir
- Arena Entertainment. 1992-da sotib olingan Mirrorsoft sifatida tashkil etilgan, 1994-dan beri foydalanilmaydi.
- Acclaim Max Sports
- Acclaim Sports
- AKA Acclaim (Athletes Kick Ass)
- Club Acclaim
- Flying Edge. 1991-yilda tashkil etilgan, 1994-dan beri foydalanilmaydi.
- LJN. 1970-yilda tashkil etilgan, 1988-da sotib olingan, 1994-da yopilgan. Keyinchalik, tovar 2000-yilda biroz vaqt davomida ishlatildi.
Oʻyinlar tahrir
Nomi | Chiqqan vaqti | Platforma |
---|---|---|
AFL Live 2003 | 2002 | PC, PS2, Xbox |
AFL Live 2004 | 2003 | PC, PS2, Xbox |
AFL Live Premiership Edition | 2004 | PC, PS2, Xbox |
Alias | 2004 | PC, PS2, Xbox, Mobile |
Alien 3 | 1992 | NES |
All-Star Baseball | PS, PS2, N64, Xbox, Nintendo GameCube | |
ATV Quad Power Racing 2 | 2003 | PS2, Xbox, Nintendo GameCube, GBA |
Armorines: Project Swarm | 1999 | PS, N64, GBC |
Aggressive Inline | 2002 | PS2, Xbox, Nintendo GameCube, GBA |
Batman & Robin | 1998 | PlayStation |
Batman Forever | 1995 1996 |
Super NES, Sega Master System, Mega Drive, Sega Game Gear, Game Boy, PC |
Blast Lacrosse | 2001 | PlayStation |
BMX XXX | 2002 | Xbox, Nintendo GameCube, PlayStation 2 |
Bubble Bobble also featuring Rainbow Islands | 1995 | Sega Saturn, PlayStation |
Burnout | 2001 (PlayStation 2) 2002 (Nintendo GameCube, Xbox) |
PlayStation 2, Nintendo GameCube, Xbox |
Burnout 2: Point of Impact | 2002 (PlayStation 2) 2003 (Nintendo GameCube, Xbox) |
PlayStation 2, Nintendo GameCube, Xbox |
Bust a Move 2 | 1997 | PlayStation, Sega Saturn, Game Boy |
Bust a Move 99 | 1999 | PlayStation, Sega Saturn, Nintendo 64, Game Boy |
Constructor | 1997 | PC, PlayStation |
Crazy Taxi | 2001 | PlayStation 2/Nintendo GameCube |
Demolition man | 1995 | Sega mega drive, Sega genesis |
Dave Mirra Freestyle BMX | 2000 | PlayStation, Dreamcast, Windows PC, Game Boy Color |
Dave Mirra Freestyle BMX 2 | 2001 | PlayStation 2, Nintendo GameCube, Xbox, Game Boy Advance |
Dave Mirra Freestyle BMX 3 | 2002 | Game Boy Advance |
Dragonheart: Fire & Steel | 1996 1997 |
Playstation, Sega Saturn, Game Boy, PC |
ECW Anarchy Rulz | 2000 | PS, Dreamcast |
ECW Hardcore Revolution | 2000 | PS, N64, Dreamcast, GBC |
18 Wheeler: American Pro Trucker | 2001 (PlayStation 2) 2002 (Nintendo GameCube) |
PlayStation 2/Nintendo GameCube |
Extreme-G | 1997 | N64 |
Extreme-G 2 | 1998 | N64, PC |
XG3: Extreme G Racing | 2001 | PS2, Nintendo GameCube |
XGRA: Extreme-G Racing Association | 2004 | PS2, Nintendo GameCube, Xbox |
Fantastic Four | 1997 | PS |
Forsaken | 1998 1999 |
Windows, PlayStation, Nintendo 64 |
Fur Fighters | 2000 (Dreamcast, Windows) 2001 (PlayStation 2) |
Dreamcast, Windows, PlayStation 2 |
Gladiator: Sword of Vengeance | 2003 | PS2, Xbox, PC |
Iggy's Reckin' Balls | 1998 | N64 |
Jupiter Strike | 1995 | PS |
Kevin Sheedy AFL Coach 2002 | 2001 | PC |
Legends of Wrestling | 2001 (PlayStation 2) 2002 (Xbox, Nintendo GameCube) |
PS2, Xbox, Nintendo GameCube |
Legends of Wrestling II | 2002 | PS2, Xbox, Nintendo GameCube |
The Uncanny X-Men | 1989 | NES |
Machines | 1999 | PC |
Mary-Kate and Ashley: Get A Clue | 1999 | Game Boy |
Mary-Kate and Ashley: Get A Clue 2 | 2000 | Game Boy Color |
Mary-Kate and Ashley: Magical Mystery Mall | 1999 | Playstation, PC |
Mortal Kombat | 1992 | Game Boy, Game Gear, Sega Mega Drive/Genesis, Sega CD, Sega 32X, SNES, PC |
Sword Maker 2: Descent | 1994 | Game Gear, PC |
Mortal Kombat II | 1993 | Game Boy, Game Gear, Sega Mega Drive/Genesis, Sega 32X, SNES, PC |
NBA Jam | 2003 | PlayStation 2, Xbox |
NBA Jam Extreme | 1996 1997 (Windows) |
Arcade, PlayStation, Sega Saturn, PC |
NFL Quarterback Club | PS, N64, Game Boy, Game Gear, Sega Genesis, Sega 32X, Sega Saturn, SNES | |
NHL Breakaway | 1998 1999 |
N64, Playstation, Dreamcast |
Othello | 1988 | NES |
Paris-Dakar Rally | 2001 | PC, PlayStation 2 |
Paris-Dakar 2: The World’s Ultimate Rally | 2003 | PlayStation 2, Xbox, Nintendo GameCube |
Re-Volt | 1999 | PS, N64, Dreamcast, PC, Arcade |
Revolution X | 1995 | Super NES, Mega Drive/Genesis, Sega Saturn, PlayStation |
World Championship Rugby | 2004 | PC, PlayStation 2, Xbox |
Shadow Man | 1999 | N64, PS, PC, Dreamcast |
Shadow Man: 2econd Coming | 2001 | PS2 |
Showdown: Legends of Wrestling | 2003 | PS2, Xbox |
Smash TV | 1990 | NES |
South Park | 1998 | PS, N64, PC |
South Park Rally | 2000 | PS, N64, PC, Dreamcast |
South Park: Chef's Luv Shack | 1999 | PS, N64, PC, Dreamcast |
Space Jam | 1996 | PS, Sega Saturn, PC |
Spider-Man: Return of the Sinister Six | 1992 1993 |
NES, Master System, Game Gear |
Spider-Man and the X-Men in Arcade’s Revenge | 1992 1993 1994 |
SNES, Mega Drive/Genesis, Game Gear, Game Boy |
Spider-Man and Venom: Maximum Carnage | 1994 | SNES, Mega Drive/Genesis |
Spider-Man and Venom: Separation Anxiety | 1995 | SNES, Mega Drive/Genesis, PC |
Spider-Man: The Animated Series | 1995 | SNES, Mega Drive/Genesis |
Stargate | 1994 | SNES |
Summer Heat Beach Volleyball | 2001 | PS2 |
The Simpsons: Bart & the Beanstalk | 1994 | Game Boy |
The Simpsons: Bartman Meets Radioactive Man | 1992 | NES, Game Gear |
The Simpsons: Bart vs. The Space Mutants | 1991 | NES, Master System, Mega Drive/Genesis, Game Gear |
The Simpsons: Bart vs. the World | 1991 | Amiga, Atari ST, NES, Master System, Game Gear |
The Simpsons: Bart vs. The Juggernauts | 1992 | Game Boy |
The Simpsons: Bart's Nightmare | 1992 1993 1994 |
SNES, Mega Drive/Genesis |
Total Recall | 1990 | NES |
Trickstyle | 1999 | Dreamcast, PC |
Trog! | 1991 | NES, MS-DOS |
Turok: Dinosaur Hunter | 1997 | N64, PC, Game Boy |
Turok 2: Seeds of Evil | 1998 | N64, GBC, PC |
Turok 3: Shadow of Oblivion | 2000 | N64, GBC |
Turok: Rage Wars | 1999 | N64, GBC |
Turok: Evolution | 2002 | PS2, Xbox, Nintendo GameCube, PC |
Vexx | 2003 | PS2, Xbox, Nintendo GameCube |
Virtua Tennis 2 | 2002 | PS2 |
Virtual Bart | 1994 | SNES, Mega Drive/Genesis |
WWF In Your House | 1996 | PlayStation, Sega Saturn |
WWF WrestleMania | 1988 | NES |
WWF WrestleMania: The Arcade Game | 1996 | PC, SNES, Mega Drive/Genesis, Sega Saturn, PlayStation |
WWF War Zone | 1998 | PS, N64, Sega Saturn (Cancelled) |
WWF Attitude | 1999 | PS, N64, Dreamcast |
WWF Raw | 1995 | SNES, Megadrive/Genesis, Sega 32x, Game Boy |
WWF Royal Rumble | 1994 | SNES, Megadrive/Genesis, Game Boy |
X-Men: Children of the Atom | 1997 | Sega Saturn, PC, PlayStation |
Manbalar tahrir
- ↑ „Throwback Press Release: Re-Volt Sale“ (deadlink). Throwback Entertainment (2011-yil 23-fevral). 2012-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-may.
- ↑ „Acclaim Entertainment- History Re-Volt Sale“ (deadlink). Acclaim Entertainment (2003). 2003-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-may.
- ↑ „Acclaim to Buy Iguana“ (deadlink). New York Times (1994-21-12). 2012-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Acclaim to acquire world’s largest independent entertainment software developers; company to purchase both Probe and Sculptured Software in stock swaps. — Free Online Library“ (deadlink). 2015-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-dekabr.
- ↑ 5,0 5,1 „'Turok' maker plays the name game“ (deadlink). CNET (2002-yil 27-avgust). 2012-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „MobyGames — Software Creations Ltd“. 2012-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-dekabr.
- ↑ Varanini, Giancarlo „Acclaim closes Salt Lake City studio“ (deadlink). GameSpot. 2012-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. [sayt ishlamaydi]
- ↑ „Olsen Twins Sue Acclaim Over Royalties“ (deadlink). Los Angeles Times (2004-yil 27-aprel). 2012-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Acclaim Games Incorporated Business Review in Beverly Hills, CA“ (deadlink). 2011-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-dekabr.
Havolalar tahrir
- Kompaniya profili MobyGames
- Kompaniya profili IGN