Acne Studios — 1996-yilda ACNE ijodiy jamoasi tarkibida, Shvetsiyaning Stokgolm shahrida tashkil etilgan koʻp tarmoqli lyuks sinfidagi modalar uyi[1][2]. Moda uyi erkaklar va ayollar uchun tayyor kiyim-kechak, poyabzal, aksessuarlar va denim, shuningdek, maxsus ijodiy hamkorlik va bir martalik loyihalarni taklif etadi[3][4][5].

Acne Studios
Turi 220
Tarmogʻi Moda sanoati
Qachon asos solingan 1997
Joylashuvi  Shvetsiya, Stokgolm
Asoschi(lari) Jonny Johansson, Mikael Schiller, Mattias Magnusson
Vebsayti acnestudios.com

Tarixi

tahrir

Acne Studios 1996-yilda Shvetsiyaning Stokgolm shahrida grafik dizayn, filmlar, ishlab chiqarish va reklama bilan shugʻullanadigan ACNE ijodiy jamoasi tarkibida tashkil etilgan[6]. ACNE nomi — Ambition to Create Novel Expressionsning qisqartmasidir. (Yangi koʻrinishlar yaratish ambitsiyasi).

Bugungi kunda brendning rasmiy nomi biroz oʻzgartirildi — Acne Studios. Muvaffaqiyat tarixi (1997) oʻziga xos tajriba boʻlgan uniseks jinsilarining kichik seriyasidan boshlandi.

Oʻshanda atigi 100 juft ishlab chiqarilgan va ular doʻstlar va mijozlar orasida qoʻlma-qoʻl boʻlib ketgan. Keyinchalik, minimalist uslubdagi Acne jinsi shimlarining birinchi toʻliq toʻplami maxsus detal — qizil chiziq bilan yaratildi.

Toʻplam nafaqat katta jamoatchilikning qiziqishini uygʻotdi, balki brendga Shvetsiyaning eng yaxshi doʻkonlarining javonlarida boʻlish imkoniyatini ham berdi. Va bir necha yil oʻtgach, Acne har bahor va kuzda oʻz toʻplamlarini yangilaydi. Wallpaper va Vogue tezda denimning mashhurligini payqashdi va hamkorlikni taklif qilishdi. 2006-yilda, Acne Studios mustaqil kompaniyaga aylandi va savdoni onlayn koʻrinishga oʻtkazib, Acne Film, Acne Advertising, Acne Digitaldan ajralib chiqdi.

Ishga tushirilgandan beri, Acne Studios Parij, London, Nyu-York, Los-Anjeles, Antverpen va Tokioni oʻz ichiga olgan butun dunyo boʻylab chakana savdo doʻkonlarida ayollar va erkaklar uchun pret-a-parte toʻplamlarni taklif qilish bilan jahon modalar uyiga aylandi. 2013-yilda Parij Moda haftaligida yiliga ikki marta namoyishi bilan 120 million dollar daromad qildi[7].

Mahsulotlari

tahrir

Acne Studios erkaklar va ayollar uchun pret-a-porte kiyim-kechak, poyabzal, aksessuarlar va denim ishlab chiqaradi.

Bahor, yoz va kuz, qishning asosiy ayollar toʻplamlari yiliga ikki marta Parij Moda haftaligida taqdim etiladi. Nyu-Yorkda ayollar kurort kiyimlari va kuz mavsumiga yaqin qolganda kiyiladigan kolleksiyalar, Parijda esa erkaklar kolleksiyalari yiliga ikki marta taqdim etiladi.

Acne Studiosning ekologik strategiyasiga koʻra, kompaniya uzoq muddatli, yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. 2012-yilda ularning maqsadi ekologik jihatdan afzalroq materiallar va qoʻshimchalar miqdorini koʻpaytirish boʻlgan.

2014-yilda Acne Studios oʻzlarining „har doim qoʻlda mavjud“ mahsulotlarida ishlatiladigan barcha matolarning 20 foizini organik paxta yoki boshqa shunga oʻxshash ekologik barqaror materiallardan tayyorlashni maqsad qilgan.

Acne Paper

tahrir

Acne Studios anʼanaviy marketing va reklama shakllaridan qochadi, buning oʻrniga „Acne Paper“ deb nomlangan yarim yillik jurnalni chop etish tanlangan. Jurnal sanʼat, moda, fotografiya, dizayn, arxitektura, fan va madaniyat fanlarini qamrab oladi. Har bir nashr oʻz bilim sohasining mutaxassislari tomonidan tanlangan mavzular atrofida qurilgan.

Acne Paper ishtirokchilari tarkibiga Carine Roitfeld, Noam Chomsky, David Lynch, Lord Snowdon, Azzedine Alaïa, Mario Testino, Sarah Moon, Tilda Swinton va Paolo Roversi kirishgan.

Doʻkonlar

tahrir

Acne Studios dunyoning turli burchaklarida, jumladan Stokgolm, Kopengagen, Berlin, Nyu-York, Los-Anjeles, Melburn, Sidney, Antverpen, London, Parij, Oslo, Gonkong va Tokioda[8] oʻzining xususiy firma doʻkonlariga ega. Stokgolm, Normalmstorgdagi Acne Studiosning flagman doʻkoni 1973-yilda bankni talon-toroj qilish va keyinchalik garovga olish hududi boʻlib, „Stokgolm sindromi“ atamasini keltirib chiqardi. Bu psixologik hodisa boʻlib, garovga olinganlar oʻz bosqinchilariga nisbatan hamdardlik, qiziqish va ijobiy his-tuygʻularni bildiradilar.

Hamkorlik

tahrir

Acne Studios cheklangan toʻplamlarni ishlab chiqarish uchun ijodiy sohalar vakillari bilan faol hamkorlik qilgan[9].

Baʼzi misollar, dunyodagi eng qadimgi mototsikl ishlab chiqaruvchi Bianchi Bicyclesdan qator velosipedlarni[10], shved dizayneri Karl Malmsten tomonidan asos solingan divan mebellar liniyasini[11], Lanvin moda uyi bilan kapsula kolleksiyasini[12], rassom Katerina Jebbning badiiy installyatsiyasi va kolleksiyasi[13], Candy transseksual jurnali bilan bluzkalar toʻplami, Lord Snowdon bilan art-book va koʻk rangli koʻylaklar liniyasi[14], Uilyam Wegman bilan cheklangan nashrlar Uilyam Wegman[15], rodeo-mavzuli kitob va Los-Anjelesdagi Bryusdan ilhomlangan kapsulalar toʻplami[16], mavhum shved kashshofi Hilma af Klintga[17] asoslanib kelib chiqqan kolleksiya va Liberty London bilan kapsula toʻplami[18].

Manbalar

tahrir
  1. „www.acnestudios.com“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-may.
  2. „Jonny Johansson“. 2017-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-may.
  3. „Stockholm Label Acne Wants to Be Known for More Than Jeans“. The New York Times (2009-yil 15-oktyabr). 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-may.
  4. Marcus, J. S. „Sweden's Conceptual Fashion“. 2017-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-may.
  5. „Acne: A clear winner“ (2008-yil 18-fevral). 2017-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-sentyabr.
  6. Marcus, J. S. „Sweden's Conceptual Fashion“ (2010-yil 26-fevral). 2017-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-may.
  7. Times, Los Angeles „Acne Studios opens 5,000-square-foot store in downtown L.A.“. 2017-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-may.
  8. „Store Locations“ (en). Acne Studios. 2021-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-may.
  9. Lynn Yaeger. „How to Succeed in Fashion Without Trying Too Hard“ (2013-yil 15-mart). 2017-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-may.
  10. Magazine, Wallpaper* „Acne/Bianchi bicycle - Fashion - Wallpaper* Magazine“ (2009-yil 15-yanvar). 2015-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-may.
  11. „Acne launches furniture range“ (2010-yil 26-yanvar). 2012-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-sentyabr.
  12. Barnett, Leisa „An Outbreak Of Acne“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-may.
  13. „ACNE 13 Objects documented by Katerina Jebb - MODECONNECT“ (2013-yil 15-aprel). 2017-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-may.
  14. „An oldie but a goodie. Acne studios' magnificent Snowdon Blue“ (2013-yil 7-yanvar). 2017-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-may.
  15. „William Wegman Shoots Amazing Acne Studios Spring/Summer 2013 Dog Campaign“ (2013-yil 13-mart).
  16. „Acne Studios Celebrates the Rodeo in a Second Photography Book“ (2013-yil 17-may). 2014-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-may.
  17. English, Vogue „Acne Studios celebrates Hilma af Klint“. 2014-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-may.
  18. „Acne Studios x Liberty London“ (2014-yil 14-fevral). 2014-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-may.