Across the Universe
„Across the Universe“ (tarjimasi „Olam boʻylab“) — „The Beatles“ ingliz guruhi ijro etgan qoʻshiq. Qoʻshiqni John Lennon yozgan va ijro etgan, ammo muallif oʻlaroq Lennon–McCartney koʻrsatilgan. Dastlab 1969-yil turli xonanda qoʻshiqlari kiritilgan „No One's Gonna Change Our World“ terma albomida eʼlon qilingan, keyinchalik oʻzgartirilgan shaklda „The Beatles“ guruhining 1970-yil chiqarilgan yakuniy albomi boʻlmish „Let It Be“ albomiga kiritilgan. Ilk versiya 1978-yil Buyuk Britaniyada, 1980-yil AQShda „Rarities“ nomli albomlar bilan ham chiqarilgan. Shuningdek, qoʻshiq 1988-yil guruhning „Past Masters“ albomining ikkinchi qismiga ham kiritilgan.
„Across the Universe“ | |
---|---|
The Beatles qoʻshigʻi | |
„No One's Gonna Change Our World“ albomidan | |
Chiqarilgan sanasi | 12-dekabr, 1969-yil |
Yozib olingan | 4-8-fevral 1968-yil, 2-oktyabr 1969-yil |
Studiya | EMI, London |
Janr | Psixodeliya[1] |
Davomiyligi | 3:49 |
Leybl | Regal Starline |
Matn muallif(lar)i | Lennon–McCartney |
Prodyuser(lar) | George Martin |
Lennoning soʻzlariga koʻra, u qoʻshiqni 1967-yilda oʻsha paytdagi rafiqasi Cynthia Powell unga koʻp gapirib, uxlab qolganidan keyin yozgan[2]. Qoʻshiq Lennon hamda guruh transsendental meditatsiyaga qiziqa boshlagan davrda yozilgan. Xususan, taronada sanskritcha „Jai guru deva om“ (जय गुरुदेव ॐ) misrasi mavjud boʻlib, uni turlicha talqin qilish mumkin. Frazani soʻzma-soʻz „Ilohiy xudoga gʻalaba“ yoki „Ilohiy guruga olqish“ oʻlaroq oʻgirish mumkin[3].
2008-yilning 4-fevralida NASA „Across the Universe“ qoʻshigʻining 40 yilligi, Deep Space Network tarmogʻining 45 yilligi hamda NASAning 50 yilligi munosabati bilan taronani Yerdan 431 yorugʻlik yili masofada joylashgan Polaris yulduziga yuborgan[4]. Bu insoniyat tarixida qoʻshiq atayin kosmosga yuborilgan ilk holatdir. Ushbu gʻoyani Paul McCartney, Yoko Ono hamda Apple Corps qoʻllagan[5].
„Across the Universe“ qoʻshigʻining guruh ijrosidagi bir necha versiyasi mavjud. Shuningdek, taronani bugunga qadar bir necha xonanda kaver qilgan. Xususan, 1975-yil David Bowie taronani ijro etib, oʻzining „Young Americans“ albomiga kiritgan. Bowie kaverini yozib olishda Lennon qatnashib, gitara chalgan va qoʻshimcha vokal kuylagan[6]. 2021-yilda esa „Evanescence“ rok-guruhi qoʻshiqni kaver qilgan.
Manbalar
tahrirSnoskalar
tahrir- ↑ MacDonald, Ian „The Psychedelic Experience“, . Mojo Special Limited Edition: 1000 Days That Shook the World (The Psychedelic Beatles – April 1, 1965 to December 26, 1967). London: Emap, 2002 — 34-bet. „Lennon is the main author of nearly all of The Beatles' psychedelic classics: Tomorrow Never Knows, I'm Only Sleeping, Rain, She Said She Said... I Am the Walrus, Across the Universe.“
- ↑ Sheff 2000, s. 267.
- ↑ Woo, Elaine „Maharishi Mahesh Yogi; founded Transcendental Meditation movement“. Los Angeles Times (2008-yil 6-fevral). Qaraldi: 2012-yil 24-iyun.
- ↑ NASA 2008.
- ↑ MSNBC 2008.
- ↑ O'Leary 2015, chap. 9.
Adabiyotlar
tahrir- Doggett, Peter. The Man Who Sold the World: David Bowie and the 1970s. New York, New York: HarperCollins Publishers, 2012. ISBN 978-0-06-202466-4.
- Everett, Walter. The Beatles as Musicians: Revolver Through the Anthology. New York, NY: Oxford University Press, 1999. ISBN 0-19-512941-5.
- Andoza:Video manbasi notes
- Lewisohn, Mark. The Beatles Recording Sessions. New York: Harmony Books, 1988. ISBN 0-517-57066-1.
- Andoza:Video manbasi notes
- MacDonald, Ian. Revolution in the Head: The Beatles' Records and the Sixties, Second Revised, London: Pimlico (Rand), 2005. ISBN 1-84413-828-3.
- „NASA Beams Beatles' 'Across the Universe' into Space“. NASA (31-yanvar 2008-yil). 2021-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-oktyabr.
- „NASA beaming Beatles tune to the stars“. NBC News (1-fevral 2008-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2009-yil.
- O'Leary, Chris. Rebel Rebel: All the Songs of David Bowie from '64 to '76. Winchester: Zero Books, 2015. ISBN 978-1-78099-244-0.
- Pedler, Dominic. The Songwriting Secrets of the Beatles. Music Sales Limited. Omnibus Press. NY, 2003. ISBN 9780711981676.
- Pegg, Nicholas. The Complete David Bowie, Revised and Updated, London: Titan Books, 2016. ISBN 978-1-78565-365-0.
- Sheff, David. All We Are Saying: The Last Major Interview with John Lennon and Yoko Ono. New York: St. Martin's Press, 2000. ISBN 0-312-25464-4.
- Unterberger, Richie „Review of 'Across the Universe'“. AllMusic (2009). Qaraldi: 26-noyabr 2009-yil.
- Willman, Chris. „Labor of LOVE“. Entertainment Weekly (29-noyabr 2006-yil). 6-dekabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-noyabr 2006-yil.