Adigey tili
(Adigeychadan yoʻnaltirildi)
Adigey tili – Rossiya Federatsiyasidagi Adigeya va Qorachoy-Cherkasiya Respublikalarida yashovchi adigey xalqining tili. Kavkaz (iberiy-kavkaz) tillarining abxaz-adigey guruhiga kiradi. Adigey tili 4 shevaga boʻlinadi: abadzex, bjedux, temirchoy, shapsuch. Undosh tovushlarning koʻpligi bilan ajralib turadi. Lugʻat tarkibi asosan bir boʻgʻinli soʻzlardan tashkil topgan. Yozuvi kirill grafikasi asosida[5].
Adigey tili | |
---|---|
Milliy nomi | Адыгабзэ |
Mamlakatlar | Rossiya[1], Turkiya[2], Iordaniya[3] va Suriya[4] |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 490,000 (1986–2010) |
Alifbosi | Kirill alifbosi, Adyghe alphabet va Arab tili yozuvi |
Til kodlari | |
ISO 639-2 | ady |
ISO 639-3 | ady |
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ "Adigey tili" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |