Adrián Alexei Aldrete Rodríguez (talaffuzi: Adrian Aleksey Aldrete Rodriges) 1988-yil 14 iyunda Meksikaning Gvadalaxara shahrida tugʻilgan. Meksikalik futbolchi „Kruz Azul“ klubi va Meksika terma jamoasi yarim himoyachisi

Adrián Aldrete Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Adrián Alexei Aldrete Rodríguez
Tugʻilgan 14-iyun 1988-yil(1988-06-14)[1][2][3](34 yosh)

Gvadalaxara, Meksika
Fuqaroligi
Boʻyi 175 cm
Vazni 71 kg
Pozitsiyasi vinger
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Meksiki Cruz Azul
Raqami 16

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Aldrete „Monarcas Morelia“ futbol akademiyasining bitiruvchisi. 17 yoshida yuqori raqobat tufayli u „Dorados de Sinaloa“ga ijaraga oʻtdi. 2006-yil 21-yanvarda Meksika Primer ligasida „Atlanta“ga qarshi debyut qildi. „Dorados“ yuqori diviziondan tushib ketganidan soʻng, Adrian „Monarkas“ga qaytib keldi va u yerda tez orada asosiy jamoadan joy oldi. Asosiy tarkibda muntazam oʻrin egallashiga qaramay, u ajoyib natijalar koʻrsata olmadi. 2010-yil 30-yanvarda „San-Luis“ga qarshi bahsda Aldrete klub uchun birinchi golini urdi[4]. Oʻsha yili u klub bilan Shimoliy Amerika Superligasida gʻolib chiqdi. 2011-yilgi Klausura mavsumida Aldrete jamoa bilan Meksika chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritdi.

2012-yilning yozida Adrian poytaxtning „America“ klubiga koʻchib oʻtdi. Transfer summasi 2,5 million dollarni tashkil qildi. 22-iyul kuni „Monterrey“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[5] . 2013-yilda Aldrete „America“ga milliy chempion boʻlishiga yordam berdi.

2014-yilning yozida u „Santos Laguna“ga koʻchib oʻtdi. 20-iyul kuni „Verakrus“ga qarshi oʻyinda Adrian yangi jamoada debyut qildi[6]. 2015-yilning 11-aprelida „Chiapas“ga qarshi kechgan bahsda Aldrete klub safidagi ilk golini urdi[7]. Oʻsha yili u ketma-ket ikkinchi marta mamlakat chempioni boʻldi. 2016-yilning yozida Adrian „Kruz Azul“ga koʻchib oʻtdi. 17-iyul kuni „Necaxa“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[8]. 20-noyabr kuni „Leon“ga qarshi duelda Albrete „Kruz Azul“ uchun birinchi golini urdi[9].

Xalqaro karyerasi tahrir

2005-yilda Meksika yoshlar terma jamoasi bilan Adrian yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi. 2007-yil 22-avgustda Aldrete Kolumbiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Meksika terma jamoasi safida debyut qildi[10].

2015-yilning yozida Adrian Chilida boʻlib oʻtadigan Amerika kubogiga daʼvogarlik qildi. Turnirda u Boliviya va Chili terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[11][12].

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga MIlliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Dorados de Sinaloa  Meksika 2005-06 7 0 - - 7 0
Jami 7 0 0 0 0 0 7 0
C. A. Monarcas Morelia  Meksika 2006-07 25 0 - - 25 0
2007-08 36 0 3 0 3 0 42 0
2008-09 24 0 4 0 - 28 0
2009-10 29 1 - 2 0 31 1
2010-11 38 3 - 4 0 42 3
2011-12 33 0 - 6 1 39 1
Jami 185 4 7 0 15 1 207 5
C. América  Meksika 2012-13 34 0 6 0 - 40 0
2013-14 31 0 - 3 0 34 0
Jami 65 0 6 0 3 0 74 0
C. Santos Laguna  Meksika 2014-15 35 1 11 0 - 46 1
2015-16 18 0 - 3 0 21 0
Jami 53 1 11 0 3 0 67 1
Cruz Azul F. C.  Meksika
2016-17 29 2 5 1 0 0 34 3
2017-18 30 2 7 0 0 0 37 2
2018-19 40 1 7 1 0 0 47 2
2019-20 24 1 1 0 2 0 27 1
2020-21 35 1 - - 4 0 39 1
2021-22 22 0 - - 5 0 27 0
Jami 180 7 20 2 11 0 211 9
Umumiy karyerasida 487 12 44 2 32 1 563 15

Manbalar tahrir

  1. Adrián Aldrete // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. ADRIAN ALEXEI ALDRETE // Base de Datos del Futbol Argentino (isp.)
  3. Adrián Alexei Aldrete Rodríguez // As (isp.) — Madrid: Grupo PRISA, 1967.
  4. „Сан-Луис VS. Монаркас Морелия 0:2“ (ru). soccerway.com (30 января 2010). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  5. „Монтеррей VS. Америка Мехико 0:0“ (ru). soccerway.com (22 июля 2012). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  6. „Веракрус VS. Сантос Лагуна 0:0“ (ru). soccerway.com (2014—07—20). 2017-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-avgust.
  7. „Сантос Лагуна VS. Чьяпас 4:3“ (ru). soccerway.com (2015—04—11). 2016-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-avgust.
  8. „Некакса VS. Крус Асуль 0:0“ (ru). soccerway.com (2015—04—11). 2016-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-avgust.
  9. „Крус Асуль VS. Леон 2:3“ (ru). soccerway.com (2016—11—20). 2017-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-yanvar.
  10. „Колумбия VS. Мексика 1:0“ (ru). soccerway.com (2007—08—22). 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-avgust.
  11. „Мексика VS. Боливия 0:0“ (en). soccerway.com (2015—06—13). 2015-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-iyun.
  12. „Чили VS. Мексика 3:3“ (en). soccerway.com (2015—06—16). 2017-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-iyun.