Adveyr

avtomatik ravishda onlayn reklamalarni qalqib chiqarish orqali oʻz egasiga daromad olib keluvchi dastur
(Adwaredan yoʻnaltirildi)

Adveyr dasturlari (shuningdek, ishlab chiquvchilari tomonidan reklama ortidan qoʻllab-quvvatlanuvchi dasturiy taʼminot deb ham ataladi) bu dasturiy taʼminot interfeysida avtomatik ravishda onlayn reklamalarni qalqib chiqarish orqali oʻz egasiga daromad olib keluvchi dasturlardir. Ushbu dastur asosan, ikki holatda daromad keltirishi mumkin. Birinchi holat reklama qalqib chiqishi orqali boʻlsa, ikkinchisida foydalanuvchi reklama roligi ustiga bosganda, „pey-per-klik“ tizimi orqali kartadan pul yechib olish orqali oʻz egasiga foyda keltiradi.

Baʼzi adveyrlar josus dasturlar vazifasini ham bajarishi mumkin. Ular foydalanuvchining shaxsiy qiziqishlariga oid maʼlumotlarni toʻplashi, shu orqali egasiga hisobot berishi, dastur yaratuvchisi esa ushbu maʼlumotlarni sotishi yoki shaxs maʼlumotlari asosida uning nomidan yangi hisob yaratishi mumkin[1]. Adveyr dasturlar reklamalarni foydalanuvchilarga turli yoʻllar bilan jumladan, statik quti ekran, banner displeyi, toʻliq ekran, video, qalqib chiquvchi reklama yoki shu kabi boshqa yoʻllar orqali ulashishi mumkin. Reklamalarning barcha shakllari foydalanuvchilar uchun sogʻliqqa oid, axloqiy, xavfsizlik va maxfiylik holatlari ortidan xavf tugʻdiradi .

2003-yilgi Microsoft Xavfsizlik Ensiklopediyasi va boshqa baʼzi manbalarda „adveyr“ atamasi boshqacha maʼnolarni ifoda etadi. Jumladan, "foydalanuvchi ruxsatisiz tizimga oʻzini oʻrnatadigan va internetni koʻzdan kechirayotganda reklamalarni koʻrsatadigan har qanday dasturiy taʼminot"[2], yaʼni zararli dasturning bir turi sifatida tavsiflanadi.

Baʼzi softveyr developerlar (dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilari) oʻz dasturlarin bepul taklif qilishadi. Shu orqali oʻz xarajatlarini qoplash va daromad olish uchun reklamalardan tushgan daromadga tayanadilar. Koʻpchilik dasturchilar esa reklamasiz dasturiy taʼminot versiyasini maʼlum bir pul miqdori evaziga sotib olishni taklif qilishadi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. FTC Report (2005). ""
  2. Tulloch, Mitch. Microsoft Encyclopedia of Security Koch: . Redmond, Washington: Microsoft Press, 2003 — 16 bet. ISBN 978-0-7356-1877-0.