Afet İnan
Ayshe Afet İnan (Uzmay)[1] turk sotsiologi, tarixchisi va akademigi. Mustafa Kemal Atatürkning asrandi qizidir. Turkiya respublikasining eng birinchi tarix professorlaridan biri boʻlgan Afet İnan Anqara Universiteti til va tarix jugʻrofiya fakultetining eng dastlabki poydevorini qoʻygan edi. Turk tarixi va madaniyatiga oid 50 ga yaqin kitob va maqolalari mavjud. Ayni paytda Turk tarix tezisini yaratish gʻoyasi Afet İnanga tegishli.[2][3]
Afet İnan | |
---|---|
Tavalludi | 1908-yil 29-noyabr. Saloniki shahri, Usmonli davlati. |
Vafoti |
1985-yil 8-iyun Anqara, Turkiya |
Fuqaroligi | Turkiya |
Kasbi | Professor |
Turmush oʻrtogʻi | Dr. Rıfat İnan |
Otasi | İsmail Hakkı Uzmay |
Hayoti
tahrirOilasi va boshlangʻich taʼlimi
tahrirAfet İnan 1908-yilda Salonikining Doyran (Doirani) shaharchasida tugʻiladi.[4] Otasi oʻrmon maʼmuri İsmail Hakkı Bey (Uzmay), onasi Doyran shaharchasining mudarrisi Emrullah afandining nevarasi Şehzane xonim edi. Afet İnanning oilasi „Bolqon urushlari“dan soʻng noilojlikdan Anaduluga koʻchib oʻtadi.
Afet İnan dastlabki taʼlimini Eskişehirning Mihalıççık mahallasida boshlaydi. Onasi 1915-yilda olamdan oʻtgandan soʻng taʼlimini Anqara va Bigadada davom ettiradi. 1920-yilda olti yillik boshlangʻich maktab diplomini qoʻlga kiritadi. Oila 1921-yilda bu safar Alanyaga koʻchib oʻtadi. Afet xonim 1922-yilda Elmalıda oʻqituvchilik qilish uchun guvohnomani qoʻlga kiritadi va Elmalıdagi qizlar maktabiga katta oʻqituvchi sifatida taʼlim bera boshlaydi. Lekin, otasining xizmat safarlari tufayli doimiy koʻchib yurishga majbur boʻladi. 1925-yilda Bursa qiz muallimalar maktabini bitirib, İzmirdagi Redd-i İlkak nomli boshlangʻich maktabda ish boshlaydi. Atatürk bilan tanishgandan soʻng keyingi yillarda taʼlimini davom ettirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Atatürk bilan tanishgandan keyingi oʻqituvchilik faoliyati
tahrirAfet xonim 1925-yilgi Redd-i İlhak boshlangʻich maktabida ish boshlagan vaqtlarda uyushtirilgan choy ziyofati tufayli Atatürk bilan tanishishga muyassar boʻlgan edi. Oilasining salonikilik ekanligi prezidentning eʼtiborini tortadi ve Atatürk ertasi kun Afet İnanning oilasi bilan ham tanishadi. Atatürkga oʻqishini davom ettirish va til oʻrganish niyati borligini aytgan Afet xonim qisqa muddatdan soʻng Anqaraga koʻchib oʻtadi. Vazirlik ruxsati bilan fransuzcha oʻrganish uchun Shvetsariyaning Lozanno shahriga yuboriladi.[5] Bungacha oʻrta taʼlimning oʻqituvchilik imtihoniga kirib, tarix oʻqituvchiligi uchun ruxsatnoma oladi. Anqara Musiki Muallim maktabida „Tarix va yurt bilimi oʻqituvchisi“ sifatida ish boshlaydi (1929—1930). U oʻz ishini boshlagan vaqtlarda Atatürk mamlakatda oʻqitish uchun foydalaniladigan kitoblarni yetarsiz ekanligini aytgan edi. Shuning uchun ham Afet xonim Fransuz qizlar litseyida oʻzi oʻqigan „Instruction Civique“ nomli kitobdan tarjimalar qiladi. Afet xonimning tarjimalari, Tevfik Bıyıkoğluning nemis asarlaridan qilgan tarjimalari va shaxsan Atatürkning baʼzi yozgan maqolalari birlashtirilib, „Vatandosh uchun madaniy bilimlar“ kitobi yaratiladi.[6] Kitob oʻrta maktablarda dars kitobi sifatida oʻqitila boshlanadi va 1935-yilgacha turli adadlarda chop qilinadi. Afet xonim 1932-yildan keyin Anqara qizlar litseyida oʻqituvchilik faoliyatini davom ettiradi.
Ayollarning siyosiy huquqlarining tan olinishi
tahrirAyollar huquqi borasida tadqiqod olib borishga qiziqqan Afet xonim, Atatürkning topshirigʻi bilan Turk oʻchogʻi (Türk Ocağı) uchun 1930-yil 3-aprel kuni bu borada maxsus konfrensiya beradi. Bu Afet xonimning birinchi konferensiyasi edi.[7] Bu konferensiya uchun zamonasining eng buyuk xatibi Hamidullah Suhpi Beydan darslar olgan Afet İnanning kiyadigan kiyimlarini Atatürkning shaxsan oʻzi sovgʻa qiladi.[8]
Turk tarixi muassasasining qurilishi
tahrirAtatürk Afet İnanning Turk oʻchogʻi tashkiloti nizomidagi 2 va 3-moddalarini tasnif qilib berishini soʻragach, 1930-yil aprel oyida tashkil qilingan Turk oʻchogʻi tashkilotining kongresida Oqsaroy delegatsiyasi aʼzosi sifatida qatnashadi. Turk oʻchogʻi tashkilotining maqsadi, vazifasi, ishlash tartibi haqida nutq oʻqiydi va keyinchalik Turk tarix tezisi sifatida nom bergan tezis haqida oʻz fikrlarini bayon qiladi. Turk oʻchogʻi tashkiloti Atatürkning buyrugʻi bilan 1931-yilning 10-aprel kuni yopiladi. Uning oʻrniga „Turk tarixi tadqiq jamiyati“ nomini olgan tashkilot tuziladi. Nihoyat 1935-yilning 3-noyabr kuni „Turk tarix muassasi“ nomi ostida bugungacha faoliyat yuritayotgan yangi ilmiy muassasa oʻz faoliyatini boshlaydi. Afet xonim 1935-1952 va 1957—1958-yillar davomida unga rahbarlik qiladi.
Akademik hayoti
tahrir1935-yil 14-noyabr kuni N:40390 qaror bilan Jenevraga oʻqish uchun yuborilgan Afet xonim, Jenevra Universitetining Ijtimoiy va iqtisodiy bilimlar fakultetining yaqin davr tarixi va zamonaviy tarix boʻlimini shvetsiyalik antropolog Eugene Pittardning ustozligi ostida tamomlaydi. „Turk-Usmonli davrining iqtisodiy tarixi“ nomli ilmiy ishi orqali 1938-yilda magistrlik darajasini, 1939-yilning Iyul oyida esa „Turk xalqining va Turk tarixining antropologik xarakteri borasida“ nomli dissertatsiyasi orqali doktorlik darajasini qoʻlga kiritadi. Doktorlik ishi uchun Anaduludagi 64 ming skelet qoldiqlari ustida ish olib borgan Afet xonim, ilmiy faoliyati davomida Jenera va Bukreshda ilmiy konfrensiyalar berib, bu borada Turk tarixi muassasasiga hisobotlar berib boradi.
Turkiyaga qaytgach, Anqara qizlar litseyida darslar berish bilan birga Anqara til va Tarix-Jugʻrofiya Universitetida dotsent vakili sifatida tayinlanadi. 1942-yilda dotsent, 1950-yilda esa professor boʻladi.
1940-yilda doktor Rıfat İnan bilan turmush qurib, İnan familiyasini oladi. Ularning turmushidan Arı va Demir ismli ikki farzand dunyoga keladi. Afet İnan 1950-yildan keyin Turkiya respublikasi va Turk inqiloblari borasida Anqara, Hajettepe va Ege Universitetlarida darslar beradi.
1961—1962-yillarda Buyuk Britaniyada tadqiqotlar olib boradi. 1955—1979-yillar orasida YUNESKOning Turkiya milliy komissiyasida Turk tarix muassasasining vakili sifatida faoliyat olib bordi. Bu lavozimdan oʻz istagi bilan 1977-yilda isteʼfoga chiqadi. Afet xonim qolgan hayotini xotiralar yozish bilan oʻtkazadi.
Oʻlimi
tahrirAfet İnan 1985-yilning 8-iyun kuni Anqaradagi uyida yurak xurujidan soʻng 76 yoshida vafot etadi.[9]
Asarlari
tahrir„Türk Tarihinin Ana Hatları“ (Turk tarixining asosiy yoʻnalishlari). 1930
„Medeni Bilgiler ve M.Kemal Atatürk'ün El Yazıları“ (Madaniy bilimlar va Atatürkning qoʻl yozmalari). 1968
„Türkiye Halkının Antropolojik Karakterleri ve Türkiye Tarihi“ (Turkiya xalqining antropologik xarakteri va Turkiya tarixi) 1947.
„Eski Mısır Tarih ve Medeniyeti“ (Qadimgi Misr tarixi va madaniyati) 1956.
„Atatürk Hakkında Hatıralar ve Belgeler“ (Otaturk haqida xotiralar va hujjatlar) 1950.
Manbalar
tahrir- ↑ Cemal Kutay Kitapları/Tarih Dizisi, Atatürk Bugün Olsaydı, Aksoy Yayıncılık, ISBN 975-312-125-3, Kasım 1999, (Cildin arka kapağı)
- ↑ „Afetinan'ın Cenevre Günleri ve Tarih Çalışmaları“ (2016-yil 14-avgust). 2016-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
- ↑ „İki Kurgusal Metin Olarak Otobiyografi ve Tarih: Afet İnan Örneği“ (2020-yil 26-avgust). 2020-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
- ↑ „Prof. Dr. Afet İnan, Yayına Hazırlayan Arı İnan, Remzi Kitabevi, İstanbul 2005, Prof. Dr. Afet İnan adlı kitabı özetleyen Özge Yücel“ (2018-yil 11-oktyabr). 2009-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
- ↑ Prof. Dr. Afet İnan, Yayına Hazırlayan Arı İnan, Remzi Kitabevi, İstanbul 2005, Prof. Dr. Afet İnan adlı kitabı özetleyen Özge Yücel, http://www.turkhukuksitesi.com/showthread.php?t=35051
- ↑ Prof. Dr. Afet İnan, Yayına Hazırlayan Arı İnan, Remzi Kitabevi, İstanbul 2005, Prof. Dr. Afet İnan adlı kitabı özetleyen Özge Yücel, http://www.turkhukuksitesi.com/showthread.php?t=35051
- ↑ Prof. Dr. Afet İnan, Yayına Hazırlayan Arı İnan, Remzi Kitabevi, İstanbul 2005, s. 106.
- ↑ „Afet İnan’ın Bilinmeyen Günlüğü, 22.02.2003 tarihli Hürriyet Pazar Gazetesi“ (2010-yil 25-may). 2009-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
- ↑ „Prof. Afet inan vefat etti“ (2016-yil 14-noyabr). 2016-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.