Aflotun piyozi
Aflotun piyozi (lotincha: Allium aflatunense) – bir urugʻpallalilar sinfi, piyozdoshlar oilasi, piyoz turkumiga kiruvchi gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Chatqol, Ugom, Piskom togʻ tizmalarida tarqalgan[1].
Aflotun piyozi | |
---|---|
Aflotun piyozi | |
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Yuksak oʻsimliklar |
Sinf: | Bir urugʻpallalilar |
Turkum: | Piyoz |
Oila: | Piyozdoshlar |
Binar nomi | |
Allium aflatunense |
Tavsifi
tahrirBalandligi 80-200 sm gacha yetuvchi koʻp yillik piyozchali oʻt oʻsimlik. Piyozchasi yirik, diametri 6 sm. Qobigʻi qora kulrang. Poyasining ichi boʻsh, balandligi 80-150 sm, tomirlari biroz boʻrtib turadi. Barglari oltidan sakkiz donagacha, tashqi barglarining kengligi 2-10 sm, uzunligi 60 sm gacha yetadi, silliq, tuksiz. To‘pguli oddiy soyabon, sharsimon shaklda, gullar tigʻiz joylashgan. Gulqoʻrgʻon boʻlakchalari yulduzsimon tuzilgan. Gultojibarglari och binafsharang tusda, uzunligi 6-7 mm. Gullari kki jinsli. Hasharotlar yordamida changlanadi. May iyun oylarida gullab, urug‘i iyulda yetiladi. Mevasi quruq koʻsak meva, diametri 6 mm. Urug‘i va piyozchasi orqali koʻpayadi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
tahrirKichik kichik toʻplar hosil qilib oʻsadi. Toshkent viloyati Piskom, Ugom, Chatqol togʻ tizmalarida tarqalgan. Togʻlarning oʻrta va yuqori qismlaridagi yonbagʻirlarda, oʻtlar orasida, daryo boʻylarida uchratish mumkin. Piyozboshisining mahalliy aholi tomonidan tomorqaga ekish, dorivor hamda ozuqa maqsadida yigʻib olinishi, kuz va qishda hayvonlar piyozchasini kovlab yeyishi sabab oʻsimlik soni qisqarib ketgan. Botanika bogʻlarida va uy tomorqalarida oʻstirish mumkin. Chotqol biosfera qoʻriqxonasi hududida muhofaza ostiga olingan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Allium aflatunense B. Fedtsch.- Описание таксона - Плантариум“. 2015-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-aprel.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2009.