Aforizmlar (Navoiy) (1961)

1961-yilda chop etilgan Alisher Navoiy hikmatli soʻzlari toʻplami.

„Aforizmlar (Navoiy) (1961)“Alisher Navoiy asarlaridan olingan hikmatli soʻzlar toʻplami. Toʻplamni Yu. Eshonqulov tuzgan va nashrga tayyorlagan. Asar 1961-yil Toshkent shahrida „Oʻrta va oliy maktab nashriyoti“da chop etilgan.

Aforizmlar (Navoiy) (1961)
Muallif(lar) Alisher Navoiy
Janr(lar)i hikmatli soʻzlar
Nashriyot „Oʻrta va oliy maktab nashriyoti“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1961
Sahifalar soni 32

„Aforizmlar“ Navoiy asarlaridan olingan hikmatli soʻzlar toʻplami birinchi marta 1941-yil Solih Mutallibov tomonidan chop etilgan. „Aforizmlar“ ikkinchi marta Hodi Zarif tomonidan nashr qilingan. Ushbu toʻplam bungacha nashr qilingan toʻplamlar asosida tuzilgan. Toʻplamning bundan oldin nashr qilingan toʻplamlardan farqi shundaki, toʻplamda hikmatli soʻzlar kirill alifbosi tartibida berilgan. Har bir sahifada uchragan tushunarsiz soʻzlar raqamlanib, izohi oʻsha sahifa oxirida keltirilgan.

Toʻplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Sobirova - muharrir, H. Ahmatjonov - badiiy maharrir, S. Axtamova - texnik muharrir, N. Rixsiyeva - musahhih. Kitob adadi – 25 000 nusxa.

Havolalar tahrir