Afsun (arab.-maftun qilish, sehr, avrash) — voqealarning tabiiy jarayoniga moʻjizaviy taʼsir koʻrsatish xususiyatiga ega deb hisoblanadigan soʻzlar, iboralar yigʻindisi. A. qadimgi dinlarning, ayniqsa, sehrgarlikning ajralmas qismi boʻlgan. A.ga baloni daf etish, yo baloga giriftor qilish, xastalikdan shifo topish, omadga yor boʻlish va hokazo usuli deb qaralgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil